Ekspert hakamlar guruhi xulosasi: "Qo'qon-1912" - "Nasaf" o'yinidagi penalti xato deb topildi
08.04.2026 21:48 Ўқилди: 734
Nima sodir bo'lgan edi?
Mazkur uchrashuvning 78-daqiqasida bosh hakam tomonidan "Nasaf" jamoasi darvozasi tomon penalti belgilangan edi. Ushbu epizod futbol jamoatchiligi o'rtasida keng muhokamalarga sabab bo'ldi va Ekspert hakamlar guruhi tomonidan batafsil o'rganib chiqildi.
Ekspertlar xulosasi:
Ko'rib chiqish natijalariga ko'ra, bosh hakam Rustam Lutfullin tomonidan penalti belgilash qarori xato deb topildi.
Shuningdek, VAR hakamining faoliyatiga ham etiroz bildirildi. Ushbu vaziyatda VAR tomonidan to'g'ri aralashuv amalga oshirilmagani, yani hakamni monitor oldiga chaqirishda xatoga yo'l qo'yilgani alohida qayd etildi.