
Superliga
3-tur
"Surxon" – "Bunyodkor" 0:0
Termiz. "Surxon Arena". 16:30
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Yordamchi hakamlar: Elnur Doniyorov, Zufar Eliboev
Zaxira hakami: Feruzbek Xidoyatov
VAR: Jasur Muxtorov
AVAR: Sherzod Azamov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Abdulvosit Valixonov
"Surxon": 86.Davron Merganov, 2.Behruz Karimov, 3.Behruz Jumatov, 5.Jamshid Xodjaniyazov, 7.Dostonbek Tursunov (17.Sarvar Abduhamidov, 62), 8.Humoyun Sherbo'taev (6.Behzod Shamsiev, 74), 9.Stiven Chinedu (19.Farruh Qodirov, 74), 10.Sunnatilla Abdullajonov (77.Asadbek Karimov, 62), 11.Richard Fraydey (26.Behruz Shukurullaev, 90+4), 21.Tornike Dzebniauri, 66.Behro'z Shaydulov.
Zaxira: 1.Artyom Potapov, 4.Nodirxon Nematxonov, 14.Tohir Ashurbaev, 27.Muhammadali Musaxonov.
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Najmiddin Normurodov, 8.Dmitriy Pletnyov (66.Azizbek To'lqunbekov, 20), 15.Marko Bugarin, 21.Nosirjon Abdusalomov (9.Matiya Krivokapich, 72), 23.Asadbek Rahimjonov, 25.Itsuki Urata, 28.Samandar Mavlonqulov (17.Muzaffar Olimjonov, 90+2), 47.Sadriddin Hasanov (11.Sardor Abdunabiev, 72), 77.Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxira: 16.Federiko Botti, 13.Muhammad Hakimov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 88.Mirkamol Annamatov, 90.Egamberdi Sharipov.
Ogohlantirishlar: Bilolxon Toshmirzaev (13), Behruz Jumatov (90+1), Asadbek Karimov (90+4).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90+4. "Surxon"da almashtirish: Fraydey o'rniga Shukurullaev o'yinga qo'shildi.
90+4. Asadbek Karimov qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi.
90+2. "Bunyodkor"da o'zgarish: Mavlonqulov o'z o'rnini Olimjonovga bo'shatib berdi.
90+1. Mavlonqulov Jumatov bilan to'qnashuvda jabrlandi va shifokorlarni yordamga chaqirdi. Aybdorga sariq kartochka berildi.
90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi.
88. Gol bekor qilindi, sababi hujumchi himoyachi Shamsievning oyog'ini bosib olgandi.
86. GOL! Matiya Krivokapich hisobni ochdi! Legioner hujumchining aylanma zarbasidan keyin Merganov ojiz qoldi — 0:1!
84. Fraydey to'pni qabul qilish chog'ida yiqilib tushdi va hakamdan jarima zarbasi talab qildi, ammo u bu fikrga qo'shilmadi.
81. Zarba! Karimovning aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi.
80. Maydon markazziga yaqin hududda Karimov Abdunabievni yiqitdi.
77. Tornike Dzebniaurining zarbasidan keyin to'p himoyachilarga tegib qoldi. Bugun himoyachilar ko'p marta jamoa joniga ora kirdi.
74. "Surxon"da 2 ta o'zgarish: Chinedu o'rniga Qodirov, Sherbo'taev o'rniga Shamsiev uchrashuvni davom ettiradi.
72. "Bunyodkor"da 2 ta almashtirish: Abdusalomov o'rniga Krivokapich, Hasanov o'rniga Abdunabiev maydonga tushdi.
70. Uuux! Abdusalomovning jarimadan yo'llagan xavfli zarbasidan keyin Abduljalilov to'pni ushlab olishga erishdi.
68. Gol tekshirildi va haqiqatan ham o'yindan tashqari holat borligi malum qilindi.
67. GOL! Chineduning uzatmasidan keyin zaxiradan tushgan Abduhamidov darvozani ishg'ol qildi, ammo ofsayd qayd etildi.
66. Zarbaaa! Toshmirzaevning pasidan so'ng Mavlonqulov bosh bilan zarba yo'lladi, sal noaniq.
64. Zarba! Behruz Karimov olis masofadan darvozani poylashga urindi, ancha noaniq.
62. "Surxon"da 2 ta o'zgarish: Abdullajonov o'rniga Karimov, Tursunov o'rniga Abduhamidov tushirildi.
61. Zarba! Toshmirzaevning uzoq masofadan bergan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.
59. Karimov havodan Chineduga pas uzatdi, ammo to'pni Abdujalilov egalladi.
56. Uuux! Urataning qulay pasidan keyin Mavlonqulov yaqin masofadan noaniq zarba berdi.
54. Zarbaa! Fraydeyning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib qaytdi.
51. Toshmirzaev Shaydulovni aldab o'tishga harakat qildi, ammo to'pga Merganov ega chiqdi, shundan so'ng "qaldirg'ochlar" vakili qoidani buzdi.
48. Fraydeyning o'ylagani o'xshamadi, u qanotda to'pni maydon tashqarisiga kuzatib qo'yishiga to'g'ri keldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim yakuniga etdi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45+1. Zarbaa! Tursunovning aylanma zarbasiga sal aniqlik etishmadi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
44. Zarba! Abdullajonovning zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegib maydondan chiqib ketdi.
41. Toshmirzaev burchak zarbasidan to'pni ichkariga oshirdi, ammo referi to'p maydon tashqarisiga chiqib ketganini qayd etdi.
37. Zarba! To'lqunbekov olis masofadan darvozani nishonga olishga urindi, ammo noaniq.
35. Uuux! Mavlonqulovning pasidan keyin Hasanov darvoza tomon zarba yo'lladi, Karimov jamoasini goldan qutqarib qoldi.
32. Karimov Bugaringa nisbatan qoidani buzdi, chernogoriyalik legioner biroz maydonda yotdi.
27. Zarbaaa! Chineduning chamasi 20 metrdan yo'llagan zarbasi ustunga tegib maydonni tark etdi.
24. Uuux! "Bunyodkor" hisobni ochishi mumkin edi, Mavlonqulov yaqin masofadan noaniq zarbaga mualliflik qildi.
22. O'yinda biroz tanaffus yuzaga keldi. Hakam VAR bilan allanimalarnidir gaplashdi, shuningdek, bosh murabbiylar bilan suhbat qurdi.
20. "Bunyodkor"da majburiy o'zgarish: Pletnyov o'rniga To'lqunbekov bahsni davom ettiradi.
17. Dmitriy Pletnyov maydonda yotibdi va unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
16. Ux! Tursunov qulay nuqtaga chiqib borib, o'ta muvaffaqiyatsiz zarba yo'lladi.
13. Toshmirzaev Shaydulovni yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
10. Xodjaniyazov Mavlonqulovga nisbatan qo'pol harakat qildi va uning o'ziga tibbiy yordam zarurati sezildi.
8. "Surxon" to'pga egalik qilgan holda vaziyat yaratishga urinmoqda, ammo hozircha aytarli hech narsa ro'y bermadi.
5. Zarbaa! Erdan kelgan pasni Pletnyov darvozaga yo'naltirdi va Merganov to'pni egallab oldi.
3. Rahmonov to'pni yon chiziqdan otib bergach, u darvozabon Abduljalilovga qadar etib keldi va tashqariga tepib yubordi.
1. Bahs boshlandi!
- Uchrashuv 16:30 da boshlanadi.
![]() | 11.03.2026 01:00 Ўқилди 8796 ECHL. "Nyukasl" - "Barselona" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 04.03.2026 01:00 Ўқилди 4797 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 07.03.2026 03:00 Ўқилди 4209 LaLiga. "Real Madrid" mehmonda "Selta"ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi |
![]() | 10.03.2026 22:48 Ўқилди 4022 Superliga. "Navbahor" safarda "Paxtakor"ni mag'lub etdi |
![]() | 04.03.2026 01:56 Ўқилди 3971 Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 2:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 11.03.2026 02:08 Ўқилди 3817 Otabek Narzullaev: "Superliga tezligiga tezroq ko'nikishimiz kerak" |
![]() | 09.03.2026 03:32 Ўқилди 3305 Minus 10 ochko: Xitoy chempionatida 13 ta klub jazolandi |
![]() | 08.03.2026 00:56 Ўқилди 3263 Angliya kubogi. "Nyukasl" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
![]() | 10.03.2026 02:33 Ўқилди 3102 Neymarda so‘nggi imkoniyat: Karlo Anchelotti «Santos» yulduzining o‘yinini kuzatadi |
![]() | 08.03.2026 03:00 Ўқилди 2970 A Seriya. "Yuventus" "Piza" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi |
Реклама
Сайт хақида