
Jami 13 ta klub turli qonunbuzarliklar sababli ochkolardan mahrum etilgan. Ulardan 9 tasi oliy ligada, yana 4 tasi birinchi ligada ishtirok etadi. Unga ko'ra, ko'plab jamoalar yangi mavsumni manfiy ochkolar bilan boshladi.
Bu qarorlar shartnoma o'yinlari, qimor o'yinlari va korrupciyaga qarshi olib borilgan tekshiruvlar natijasida qabul qilingan. Xitoy futbol associaciyasi malumotiga ko'ra, jazolar “noqonuniy kelishuvlarning hajmi, xarakteri, og'irligi va jamiyatga tasiri”ni hisobga olgan holda belgilangan.
Jazolar faqat ochkolarni olib tashlash bilan cheklanmagan. Klublarga katta miqdorda jarimalar ham solingan. Jarimalar 200 mingdan 1 million yuangacha bo'lib, bu taxminan 120 ming evro atrofida degani.
Tekshiruvlar davomida futbol tizimidagi korrupciya bilan bog'liq ko'plab shaxslar ham jazolandi. Jami 73 nafar inson futbol faoliyatidan umrbod chetlatildi. Ular orasida Xitoy futbol associaciyasining sobiq prezidenti Chen Syuyyuan ham bor. U 2024 yilda pora olish aybi bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, Xitoy milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Li Te ham futboldan umrbod chetlatilgan.
Xitoy futbolida korrupciya bilan bog'liq muammolar avval ham kuzatilgan. 2010-yillar o'rtasida ham keng ko'lamli tekshiruvlar o'tkazilib, o'nlab futbolchilar, hakamlar va rasmiylar jazolangan edi. Ayrim klublar katta jarimalarga tortilgan, ko'plab shaxslar esa umrbod diskvalifikaciya qilingan.
Ayrim tahlilchilar bu muammolarni mahalliy futbolchilarning past maoshlari va maoshlarning kechikib to'lanishi bilan bog'laydi. Ilgarigi yillarda ayrim futbolchilar oyiga juda kam maosh olgani va muhim o'yinlar oldidan katta pul takliflari tushgani haqida malumotlar ham bo'lgan.
Hozirgi qarorlar Xitoy futbolini tozalash va musobaqalarning adolatli o'tishi uchun qabul qilingani aytilmoqda. Yangi mavsum boshlanishidan oldin jamoalar turnir jadvalida manfiy ochkolar bilan start oldi va bu chempionatdagi raqobatga ham jiddiy tasir qilishi kutilmoqda.
![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21228 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18792 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15992 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15155 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12222 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10838 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7054 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6577 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6461 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6189 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
Реклама
Сайт хақида