
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin borasida yigitlarga etiroz yo'q, hamma yaxshi o'yin ko'rsatdi. Faqat futbolda shunday gap bor: sen urmasang, senga urishadi. Bugun ham shunday bo'ldi. Tezlikda ozgina yutqazyapmiz, umuman olganda futbolchilar yaxshi harakat qilishdi.
- Jamoangiz to'pni ko'p nazorat qildi, lekin zarbalar nihoyatda kam berildi. Adashmasam, faqat bitta zarba. Bu nima bilan bog'liq?
- To'g'ri savol. Biz oxirgi zarbani berishda kechikdik. "Qizilqum" yaxshi himoyalandi va zarba berish imkonini bermadi. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Yana bir bor qaytarib o'taman: tezlikka ko'nikishimiz kerak. Qishki yig'inni o'zimizda o'tkazdik, Turkiyaga bormadik, o'rtoqlik uchrashuvlarini asosan Proliga klublariga qarshi o'tkazdik. Shuning ham tasiri bor deb o'ylayman. Baribir Proliga bilan Superliganing oraliq darajasi ancha katta. Shuning uchun biz tezroq Superliga jamoasi kabi o'ynay boshlashimiz kerak. Superliga uchun adaptaciya jarayonini boshdan kechiryapmiz. Yaxshi futbolchilarni yig'dik. Tarkibimiz o'tgan yilga nisbatan ancha yaxshi. Faqat tezlik etishmayapti.
- Jamoa bosh murabbiyi Igor Surov betob ekanligi aytildi. Bugungi o'yinga tarkib va taktikani kim tanladi?
- Igor Surov - jamoamiz bosh murabbiyi, baribir tarkib va taktika uning maslahati bilan tuziladi.
- "Mashal" uch turdan beri har ikkala taymda gol o'tkazyapti.
- Bu koncentraciya bilan bog'liq. Diqqatni bir joyga jamlay olmayapmiz.
- Jamoangizda legionerlar bor va lekin ular zaxiradan maydonga tushyapti.
- Futbolda murabbiy kimni tayyor deb bilsa shuni o'ynatadi. Bugun hujumda Vlatko bilan Xumoyunni sinab ko'rdik. Futbolda yana shunday gap yuradi: agar hujumchi qatorasiga ikki o'yinda gol ura olmasa, demak nimadir noto'g'ri ketyapti. Har tomonlama ishlashga harakat qilyapmiz. Legionerlarni ham Superligaga ko'niktiryapmiz, chunki ular Superliga darajasi va tezligini hali bilmaydi. Ular ham moslashish jarayonini boshdan kechirmoqda. Bizda bir-birining o'rnini yopa oladigan futbolchilar ko'p. Tarkib borasida muammoga duch kelmaymiz deb o'ylayman.
- Jamoangiz uch turda 7ta gol o'tkazdi. Darvozabonlarda raqobat bormi?
- Bu faqat darvozabon xatosi emas. Butun jamoa xatosi deb bilaman. Hozirgi futbolda butun jamoa himoyalanadi va butun jamoa hujumga chiqadi. O'tkazilgan gollarda hammaning aybi bor.
- Umuman olganda jamoangiz yomon emas. Shunchaki omad kelmayapti deb o'ylaymiz. Keyingi o'yinlarda omad tilaymiz.
- Yaxshi tilak uchun rahmat. Biz ham shu haqda o'ylayapmiz, o'z vaqtimizni kutyapmiz. Bizga bitta g'alaba kerak. Yana bir bor aytaman, biz kuchli jamoalar bilan deryali o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazmadik. Superligadan faqat "Dinamo" bilan o'ynadik, qolgan jamoalar Proliga vakillari bo'ldi. Yig'inni yaxshi o'tkazdik, faqat sparring raqiblar unchalik kuchli emasdi. Chempionat darajasi baribir boshqa. Ozgina shu tomondan qiynalyapmiz.
- "Mashal" har yil boshida "Qizilqum" bilan nazorat bahsi o'tkazardi. Lekin bu yil shu o'yin bo'lmadi.
- Chunki rejalar boshqa-boshqa bo'ldi. Biz shu erda qoldik, "Qizilqum" esa Turkiyaga ketdi. Agar "Qizilqum" ham shu erda bo'lganida albatta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan bo'lardik.
- Klubning xorij yig'iniga chiqmagani va kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmagani moliyaviy holatga borib taqaladi. Hozirgi kunda maoshlar va klub smeasi stabil holatdami?
- Har tomonlama yaxshi. Qaerdadir ushlanib qolish bo'lishi mumkin, lekin futbolchilarning o'z vaqtida oylik olishi va boshqa jihatlar har tomonlama yaxshi bo'lyapti. Bizda sharoit yaxshi. Faqat o'zimizni ko'rsatsak bo'lgani.
![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21234 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18792 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15992 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15155 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12222 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10838 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7057 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6577 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6461 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6189 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
Реклама
Сайт хақида