Katulondi Kati: "Umid qilamanki, O'zbekiston bilan jahon chempionatida uchrashamiz"
11.03.2026 12:56 Ўқилди: 327
– O'yin haqidagi fikringiz qanday? 2:0 hisobidagi tarixiy g'alaba va kiritgan golingiz bilan tabriklaymiz. Taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.
– Rahmat, judayam xursandman. Yaxshi o'yin o'tkazdik va ajoyib g'alabani qo'lga kiritdik. Rostini aytsam, o'yin qiyin kechdi, ammo eng muhimi - qanday yo'l bilan bo'lmasin g'alaba qozonish edi. Natijadan hamda jamoa safida o'zimning dastlabki golimni urganimdan behad shodman.
– "Navbahor" klubiga transferingiz qanday yuz berdi?
– Transfer jarayoni silliq o'tdi. Klub safiga qo'shilganimdan xursand bo'ldim. Jamoaning menga taqdim etgan loyihasi maqul keldi. Bu erdaligimdan mamnunman, o'zimni baxtli his qilyapman.
– Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Agar mundialda O'zbekiston va Kongo terma jamoalari bitta guruhdan joy olishsa, bunga qanday munosabat bildirgan bo'lardingiz?
– Kongolik birodarlarimga omad tilayman. Umid qilamanki, O'zbekiston bilan jahon chempionatida uchrashamiz.