Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi "Tottenxem" hujumchisi Dominik Solankening birinchi golini hisobga olgan bosh hakam Robert Jonsning qaroridan keskin norozi bo'lib, o'yindan keyin shunday degan edi:
"Bu toza fol edi. "Man Siti" juda ko'p g'alaba qozondi va odamlar bizning yutishimizni xohlashmayapti, ammo hakam neytral ishlashi kerak."
FA qarori va jarima miqdori:
Bu bayonotdan so'ng Futbol associaciyasi Rodriga hakamning xolisligini shubha ostiga qo'yuvchi va noxolislikka shama qiluvchi izohlari uchun "nomaqbul xulq-atvor" ayblovini qo'ydi.
Dushanba kuni FA Rodrini 80 000 funt sterling miqdorida jarimaga tortdi va unga rasmiy ogohlantirish berdi. Takidlanishicha, surishtiruv jarayonida "Manchester Siti" yarim himoyachisi o'z aybini to'liq tan olgan.