"Real" "Liverpul” yulduzini kuzatishda davom etmoqda
09.03.2026 00:56 Ўқилди: 2496
Bu haqda insayder Ekrem Konur yozmoqda.
"Qizillar" futbolchini qo'yib yubormoqchi emas. Angliya grandi Makallister bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda.
Yarim himoyachi 2023 yilda "Brayton"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Transfer summasi 42 mln evroni tashkil etgan (Transfermarkt malumotlari). Joriy mavsum Aleksis Makallister 41 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.