Xavi "Barsa"ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga chek qo'ydi
09.03.2026 19:08 Ўқилди: 629
"La Vanguardia" gazetasiga bergan intervyusida mutaxassis hozircha "Barselona"da yana ishlash variantini ko'rib chiqmayotganini aytdi.
"Mening "Barsa" murabbiyi sifatidagi bosqichim, hozir men ko'rayotganimdek, yakunlangan. Men qaytmayman", – deya takidladi Xavi.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik murabbiy 2021-2024 yillarda jamoani boshqargan. "Barselona" uning qo'l ostida Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogida g'olib chiqqan.
Klubdan ketganidan so'ng Xavi hali biror jamoani boshqargani yo'q. Shu bilan birga, so'nggi paytlarda OAVda mutaxassis Marokash terma jamoasiga tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.
"Barselona"dan oldin Xavi Qatarning "Al Sadd" jamoasiga murabbiylik qilgan edi.