Rasman: "Olimpik" sobiq futbolchisi "Aral" tarkibiga qo'shildi
09.03.2026 13:32 Ўқилди: 410
O'tgan mavsum "Sho'rtan" sharafini himoya qilgan Farruh Muxtorov endilikda "Aral" jamoasida to'p tepadi. Bu haqda Nukus klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Muxtorov faoliyati mobaynida "Bunyodkor farm", "Olimpik", "Lokomotiv" jamoalarida o'ynagan. Shuningdek, u O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida 6 o'yinda maydonga tushgan.