Qotillik uchun jazo o'tab chiqqan darvozabon yana qamoqqa qaytariladi
09.03.2026 12:16 Ўқилди: 172
15 fevral kuni posbon Braziliya klub bilan shartnoma imzolagan, 20 fevral kuni esa Riu-Brinkau shahrida Braziliya Kubogining 1/256 finalida maydonga tushgandi.
Dastlabki malumotlarga ko'ra, ozodlikka chiqqanidan so'ng Bruno Rio-de-Janeyro hududini tark etish huquqiga ega bo'lmagan. Ushbu shartni buzgani uchun u yana qamoqqa qaytariladi.
Eslatib o'tamiz, 2013 yilda "Flamengo" sobiq yulduzi qotillik ishi bo'yicha 22 yilga mahkum etilgan. Futbolchi o'zining sobiq sevgilisini o'ldirganlikda aybdor deb topilgan.