"Chelsi" lideri klubda qolishni xohlaydi, ammo rahbariyat boshqacha fikrda
09.03.2026 11:48 Ўқилди: 417
"Topskills Sports UK"ning xabar berishicha, futbolchining agenti London klubi rahbariyatiga Garnacho jamoada o'zini baxtli his qilayotganini va "Stemford Brij"da faoliyatini davom ettirishni xohlashini bildirgan.
Qizig'i shundaki, "Chelsi" rahbariyati bu fikrga qo'shilmaydi va argentinalik futbolchi bilan yo'llarni "Manchester Yunayted"dan o'tganidan bor-yo'g'i bir yil o'tganidayoq ajratish variantini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, London klubi futbolchini 2025 yil avgust oyida taxminan 40 million funt evaziga sotib olgandi.
Shu bilan birga, futbolchi vakilining takidlashicha, Garnacho ketadigan bo'lsa ham, faqat to'liq transfer variantlarini ko'rib chiqadi. Vinger ijaraga o'tishni qatiy rad etadi. Unga Italiyaning bir nechta klublari, shuningdek, Madridning "Atletiko"si ham qiziqmoqda.