28 yoshli Abraxam "Roma"ga tegishli bo'lib, ijara asosida "Beshiktosh" sharafini himoya qilmoqda. U Turkiya chempionatida 17 ta o'yinda 7 ta gol urgan.
Takidlanishicha, "Chelsi" sobiq hujumchisining transferi ijara shartnomasi tufayli murakkab ko'rinmoqda, u malum shartlar bajarilgan taqdirda 11,2 mln funt evaziga majburiy sotib olishni nazarda tutadi.
Shuningdek, uning maoshi haftasiga 115 ming funt atrofida ekani, bu esa qo'shimcha to'siq bo'lishi mumkinligi aytilmoqda.