O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisiga Portugaliya klubi qiziqmoqda
03.12.2025 09:00 Ўқилди: 563
Gap o'ng qanot vingeri Sayfiddin Sodiqov haqida ketmoqda. Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, o'zbekistonlik futbolchiga Portugaliyaning "Braga" klubi qiziqib qolgan. U ayni vaqtda ko'rikdan o'tish uchun vizani kutyapti. Hujjatlar bilan bog'liq masala hal etilgach, Sodiqov "Braga"ga ko'rikka yo'l oladi.
Malumot uchun, Sayfiddin Sodiqov mundialda Panama darvozasini ishg'ol qilgan edi.