"Bunyodkor" ikki nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
03.12.2025 07:24 Ўқилди: 362
Klublar yangi futbolchilarni qo'shib olish bilan bir qatorda tarkibidagi o'yinchilarni ham saqlab qolishga harakat qilyapti. Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi 22 yoshli chernogoriyalik hujumchi Matiya Krivokapich va himoyachi Najmiddin Normurodov bilan shartnomani uzaytirdi.
Malumot uchun, Kapich ikkinchi davrada "qaldirg'ochlar" safiga kelib qo'shildi, Superligada 10 ta o'yinda 3 ta gol, 2 ta assist qayd etdi. Normurodov 29 ta bahsda 2 ta gol, 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi