
Superliga
16-tur
"Mashal" – "Paxtakor" 0:1 (LIVE)
G'uzor. "Markaziy" stadioni. 20:00
Gol: Dostonbek Hamdamov (Brayan Riaskos) 74'
Bosh hakam: To'rabek Suyunov
Yordamchi hakamlar: Shohnur Yuldoshev, Sardor Umrzoqov
Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Akmal Giyasov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
"Mashal": 35.Doston To'xtaboev, 5.Samandar Ochilov, 6.Javohir Abdualimov, 7.Islom Baratov, 9.Ibrohim G'anixonov, 11.Asadbek Samariddinov, 13.Nuriddin Nuriddinov (8.Sardor Abduraimov, 68), 15.Muhammadali Aliqulov, 19.Islom Sharipov (18.Dilshod Rahmatullaev, 66), 37.Sherzod Fayziev, 80.Dmitriy Yashin.
Zaxira: 1.Umid Hamroev, 3.Asan Vaniev, 4.Abdul Latif Maga, 23.Elnurbek Saitmuratov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev, 28.Ergash Ismoilov, 55.Farruh Toshpo'latov.
"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Aziz Turg'unboev (94.Brayan Riaskos, 46), 11.Igor Sergeev, 17.Dostonbek Hamdamov, 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov.
Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 8.Diyor Xolmatov, 9.Ibrohim Ibragimov, 15.Hojimat Erkinov, 18.Bobir Abdixoliqov, 20.Dilshod Abdullaev, 50.Flamarion.
Ogohlantirishlar: Igor Sergeev (15), Islom Baratov (64), Islom Sharipov (66), Ibrohim G'anixonov (70).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
77. "Paxtakor"da 2 ta almashtirish: Hamdamov o'rniga Erkinov, Bo'riev o'rniga Ibragimov bahsni davom ettiradi.
74. GOL! Brayan Riaskosning uzatmasidan so'ng Hamdamov bosh bilan to'p kiritib, hisobni ochdi – 0:1!
73. "Cooling break" vaqti: futbolchilar suv ichib olmoqda.
70. G'anixonov Riaskosni qoida buzish evaziga to'xtatib qoldi va ogohlantirildi.
68. "Mashal"da 2 ta o'zgarish: Nuriddinov o'rniga Abduraimov, Sharipov o'rniga Rahmatullaev maydonga tushdi.
66. Islom Sharipov qo'pol harakat qilgani bois ogohlantirildi.
64. Islom Baratov taktik fol ishlatgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
62. Alijonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng To'xtaboev to'pni egallab oldi.
60. Zaid Tahsin chapdan hujum tashkil etayotgan "Mashal"ga to'sqinlik qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
56. To'pga egalik qilish bo'yicha statistika: 39% – 61%
52. Riasos hujum chog'ida G'anixonovga nisbatan qoidani buzdi.
51. Riaskosning erlatib bergan pasidan keyin "Mashal" himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga tepib yubordi.
49. Hamdamovning ichkariga oshirib bergan to'pini To'xtaboev qiyinchiliksiz ilib oldi.
46. Jamoadoshlar Abdualimov va G'anixonov jiddiy to'qnashib ketishi oqibatida Javohirga tibbiy yordam ko'rsatildi.
46. "Paxtakor"da o'zgarish: Turg'unboev o'rniga Riaskos tushirildi.
Birinchi taym nihoyasiga etdi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!
45+3. Uuuux! Tahsinning bosh bilan bergan pasidan so'ng Igor Sergeevni to'pni o'ng oyoqda darvozaga yo'naltira olmadi. Zo'r vaziyat edi.
45. Birinchi bo'limga 4 daiqa qo'shib berildi.
41. Sergeevdan navbatdagi qo'pollik. Tajribali hujumchi bilib-bilmay qoidani buzib qo'ymoqda.
38. Zarba! Darvozabon oldinga chiqib ketganini payqagan Samariddinov kuchli, ammo ancha noaniq zarbaga mualliflik qildi.
35. Turg'unboev himoyachilar tomonidan yiqitilgan va maydonda yotgan Ochilovga etirox bildirdi.
32. Bo'riev maydon markazida Ochilovni yiqitdi.
29. Zarba! Aziz Turg'unboevning o'ng oyoqda yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqib qoldi.
26. Futbolchilarga suv ichib olish uchun imkon yaratildi.
24. "Paxtakor"da har ikki qanot ishga solinmoqda. Hozircha muborakliklar himoyasi mustahkam.
19. Mehmonlar to'pga egalik qilgan holda hujumda omadini qidirmoqda. Chap qanotda jarima zarbasi ishlab olindi, ammo undan samara chiqmadi.
15. Igor Sergeev Fayzievga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi.
14. Zarbaaa! Alijonovning zarbasi himoyachiga tegib qaytgan bo'lsa, Sobirxo'jaev xavfli zarba berdi, to'p darvoza to'sini yonidan o'tdi.
13. Zaid Tahsin maydon markazida ustamonlik bilan to'pni Nuriddin Nuriddinovdan tortib oldi.
11. Zarbaaa! Hamdamovning uzatmasidan so'ng Sergeev bosh bilan zarba yo'lladi, To'xtaboevga tasanno, to'pni ilib olishga erishdi.
8. Baratovning havolatib amalga oshirgan uzatmasi iroqlik himoyachi Zaid tomonidan bartaraf etildi.
8. Bu daqiqaga kelib "sherlar" muxlislarining ovozi ham eshitila boshladi.
7. G'uzorga yig'ilgan "Mashal" muxlislari jamoani astoydil qo'llab-quvvatlamoqda.
5. Hamdamov No'monovga nisbatan ortdan o'ynab, fol ishlatdi.
4. Tahsin uzun pas orqali Turg'unboevni pas bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq Aziz ofsaydda qolib ketdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
- Uchrashuv 20:00 da start oladi.
![]() | 11.08.2026 19:48 Ўқилди 96075 37 yoshli Aleksis Sanches MLS klubi bilan bitim tuzdi |
![]() | 11.08.2026 21:16 Ўқилди 23633 Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi |
![]() | 11.08.2026 01:08 Ўқилди 18843 Endrik yozda "Real"ni tark etmaydi – qarorni hujumchi, klub va Mourinyu qabul qildi |
![]() | 04.08.2026 02:11 Ўқилди 14358 Indoneziya prezidenti JCH-2030ga chiqishni umummilliy vazifa deb atadi |
![]() | 11.08.2026 19:24 Ўқилди 5250 Elit OCHL o'tish o'yini: "Paxtakor" – "Al Hussayn". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 03.08.2026 20:32 Ўқилди 3849 Superliga. "Dinamo" – "Neftchi" (matnli translyatsiya) |
![]() | 05.08.2026 00:56 Ўқилди 3632 "Real" keyingi hafta Vinisius bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, uni sotish ehtimolini ko'rib chiqadi |
![]() | 10.08.2026 17:16 Ўқилди 3063 Rasman: “Xorazm”ga "Andijon" sobiq a'zosi, rossiyalik himoyachi va braziliyalik hujumchi keldi |
![]() | 09.08.2026 01:08 Ўқилди 3007 Ilyos Zeytullaev: "Bizga ajratilgan 5 mlrdning 2,5 mlrdi darhol soliqqa ushlab qolindi, qolgani esa..." |
![]() | 11.08.2026 18:56 Ўқилди 2861 Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi” |
Реклама
Сайт хақида
