Tomonlar muzokaralarning so'nggi bosqichini olib borishmoqda.
Turkiyalik insayder Salim Manavaning xabar berishicha, istanbulliklar futbolchining o'zi va “Roma“ bilan kelishuvga erishgan.
Avvalroq, Turkiya klubi O'zbekiston MTJ sardoriga 8 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov o'tgan mavsum 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golga assistlik qilgandi.