Mazkur musobaqaga O'zbekiston uchun bitta joy ajratilgan. OCHL 2ning amaldagi g'olibi - BAAning "Sharja" klubi OCHL Elit turnirida qatnashadi. Malumot uchun, OCHL 2da jami 32ta klub ishtirok etadi. Jamoalar 16tadan Sharq va G'arb mintaqasiga bo'lingan.
Bizga ko'proq G'arb mintaqasi qiziq bo'lgani uchun shu haqda fikr yuritamiz. Bugungi kunga kelib deyarli hamma ishtirokchi jamoalar nomi malum bo'lgan. Faqat Iroqda Kubok o'yinlari tugagani yo'q, shu bois yana bir jamoa nomi keyinroq malum bo'ladi. Quyida OCHL 2 yangi mavsumida qaysi davlatdan kimlar qatnashishini keltirib o'tamiz.
1. Saudiya Arabistoni (1) - "Al Nassr" (Saudiya chempionati 3-o'rin sohibi)
2. BAA (1) - "Al Vasl" (BAA chempionati 4-o'rin sohibi)
3. Qatar (1) - "Al Ahli" (Qatar chempionati 4-o'rin sohibi)
4. Eron (1) - "Istiqlol" (Eron Kubogi sohibi)
5. O'zbekiston (1) - "Andijon" (O'zbekiston Kubogi sohibi)
6. Iroq (1) - ??? (Iroq Kubogi sohibi, Kubok finali 16 iyul kuni bo'lib o'tadi)
7. Iordaniya (2) - "Al Husseyn" (Iordaniya chempioni), "Al Vehdat" (Iordaniya Kubogi sohibi)
8. Bahrayn (2) - "Al Muharraq" (Bahrayn chempioni), "Al Xaldiya" (Bahrayn Qirol Kubogi sohibi)
9. Hindiston (1+1) - "Mohun Bagan" (Hindiston chempioni), "Goa" (Hindiston Superkubogi sohibi)
10. Tojikiston (1+1) - "Istiqlol" (Tojikiston chempioni), "Regar TadAZ" (Tojikiston Kubogi sohibi)
11. Turkmaniston (1+1) - "Arqadag'" (OFK Chaqiruv Ligasi g'olibi, Turkmaniston chempioni va Kubok sohibi), "Ahal" (Tojikiston chempionati 2-o'rin sohibi)
12. Ummon (0+1) - "Al Siib" (Ummon chempioni)
OCHL 2 guruh o'yinlariga chiqish uchun 4ta jamoa ishtirokida o'tish o'yinlari o'tkaziladi. 13 avgust kuni "Goa" - "Al Siib" hamda "Regar TadAZ" - "Ahal" bellashuvlari bo'lib o'tadi. G'olib jamoalar OCHL 2 guruh bosqichiga yo'l olsa, mag'lublar OFK Chaqiruv Ligasiga yo'l oladi. Hozirgi paytga kelib OCHL 2 guruh bosqichida o'ynaydigan 13ta jamoa malum. Ikkita jamoa 13 avgust kungi o'yinlaridan so'ng aniq bo'ladi.
Shuningdek, 12 avgust kuni Qatarning "Al Duhayl" va Eronning "Sepaxon" klublari o'rtasida ham o'tish o'yini o'tkaziladi. Bunda yutgan jamoa OCHL Elitga yo'l oladi. Yutqazgan klub esa o'z kuchini OCHL 2da sinab ko'radi. Shunday qilib ushbu musobaqadagi barcha 16ta jamoa nomini bilib olamiz.
15 avgust kuni OCHL 2 guruh o'yinlariga qura tashlanadi. Qura natijalariga ko'ra, jamoalar to'rttadan to'rt guruhga bo'linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi.
Guruh uchrashuvlari taqvimi:
1-tur. 16-17 sentyabr
2-tur. 30 sentyabr - 1 oktyabr
3-tur. 21-22 oktyabr
4-tur. 4-5 noyabr
5-tur. 25-26 noyabr
6-tur. 9-10 dekabr
Musobaqaning nimchorak final, chorak final va yarim final uchrashuvlari uy-mehmon tarzida ikkita o'yindan iborat bo'ladi. OCHL 2ning hal qiluvchi final bahsi 16 mayga belgilangan bo'lib, betaraf maydonda o'tkaziladi.
X.Xoliqov
![]() | 23.06.2025 11:55 Ўқилди 2349 Husanovning harakatlari qanday baholandi (foto) |
![]() | 23.06.2025 11:56 Ўқилди 1710 "Oltin to'p" uchun kurashda yangi etakchi - Vitinya birinchi o'ringa chiqib oldi |
![]() | 24.06.2025 15:40 Ўқилди 1275 "Nasaf" OCHL Elitda kimlar bilan o'ynaydi? |
![]() | 25.06.2025 23:24 Ўқилди 837 "Andijon" OCHL 2da kimlar bilan o'ynaydi? |
![]() | 26.06.2025 07:56 Ўқилди 780 Lionel Messi Saudiya Arabistoni klublari bilan faol muzokara olib bormoqda |
![]() | 23.06.2025 18:24 Ўқилди 681 "Barsa" futbolchisi Franciyaga ketmoqda |
![]() | 28.06.2025 10:56 Ўқилди 495 Vinisiusning talablari malum. Uning talablarini “Real“ qabul qilishga tayyor emas |
![]() | 23.06.2025 17:00 Ўқилди 456 Islandiyalik iqtidor "Roma"ni qiziqtirmoqda |
![]() | 27.06.2025 12:11 Ўқилди 420 KO‘JCH. "Zalsburg" - "Real Madrid" - 0:3 (videosharh) |
![]() | 25.06.2025 12:56 Ўқилди 405 "Barselona" "Kamp Nou"ga qaytadigan kunni elon qildi |