- O'yin haqida fikringiz?
- "Paxtakor"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Bugun biz yaxshi va kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. "Paxtakor" mahorat bobida ustun ekanini ko'rsatdi va g'alaba qozonib keyingi bosqichga yo'l oldi.
- Jamoangizning Kubokdagi ishtirokini qoniqarli baholasa bo'ladimi?
- To'g'risini aytsam, Kubok o'yinlarida yanada uzoqroq borishni maqsad qilgandik. Nimchorak finalda "Paxtakor" bizga raqib bo'lgani ham o'z niyatimizdan qaytarmagandi. To'g'ri, "Patakor" kuchli, lekin biz ham o'z futbolchilarimizga ishongandik. Jamoamiz kuchli raqibga qarshi qo'rqmay tengma-teng o'ynadi, meni shu xursand qildi.
- Hakamlik haqida nima deya olasiz? Uchrashuv oxirlarida bahsli penalti vaziyati yuzaga keldi, qolaversa jamoangiz tomonidan kiritilgan gol inobatga olinmadi.
- Menda hali takroriy vaziyatlarni ko'rib chiqish uchun vaqt bo'lmadi. Bugungi bahsda VAR ishladi, hakamlar VARga murojaat etishdi, qaror qabul qilishdi. Bu savollarni Hakamlar qo'mitasiga qoldirgan maqul, chunki bu bizning ishimiz emas. Shu o'rinda hakamlarga etirozim: o'yinda to'xtalish ko'p bo'ldi, lekin hakamlar kam vaqt qo'shdi.
- Klub bosh homiysi "MobiUz" kompaniyasi sotuvga qo'yilgani jamoaga o'z tasirini ko'rsatyaptimi?
- Yo'q, bu haqda endi sizdan eshitdim. Jamoadagi hamma ishlashda davom etyapti. Bu ham Olimpiada uchun loyihaning bir qismi, shu bois mablag' tomonlama muammo ko'rmayapman.
- Jamoangizda yaqqol etakchi yo'qligi sezildi. Balki tajribali yosh katta bir-ikki nafar o'yinchini qo'shib olgan maquldir?
- To'g'ri, tajribali futbolchilar bo'lsa yaxshi. Lekin biz navbatdagi Olimpiya o'yinlari yo'lidagi loyiha bo'lganimiz uchun o'z yo'limizni o'zgartira olmaymiz. Avvalgi "Olimpik" ham yoshlardan iborat edi va ular vazifani bajarishdi. Biz ham shunga harakat qilamiz.
- "Olimpik-MobiUz" Proligada peshqadamlik qilmoqda. Superligaga chiqish yo'lida jamoangiz qiynalib qolmaydimi?
- Tarkibimizga yana ikki-uch nafar yaxshi futbolchi kerak. Lekin qiynalib qolamiz deb o'ylamayman. Futbolchilardan ko'nglim to'q, hamma astoydil mehnat qilyapti. Faqat vaziyatlarni golga aylantirish borasida yanada ko'proq ishlashimiz kerak.
![]() | 24.06.2025 15:40 Ўқилди 1344 "Nasaf" OCHL Elitda kimlar bilan o'ynaydi? |
![]() | 28.06.2025 08:56 Ўқилди 1293 Proliga. Bugun Toshkent derbisi bo'lib o'tadi |
![]() | 28.06.2025 08:32 Ўқилди 1263 Superliga. Bugun 2 ta uchrashuv bor |
![]() | 25.06.2025 23:24 Ўқилди 906 "Andijon" OCHL 2da kimlar bilan o'ynaydi? |
![]() | 26.06.2025 07:56 Ўқилди 810 Lionel Messi Saudiya Arabistoni klublari bilan faol muzokara olib bormoqda |
![]() | 23.06.2025 18:24 Ўқилди 699 "Barsa" futbolchisi Franciyaga ketmoqda |
![]() | 30.06.2025 15:16 Ўқилди 693 GiveMeSport dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingini elon qildi |
![]() | 23.06.2025 17:00 Ўқилди 660 Islandiyalik iqtidor "Roma"ni qiziqtirmoqda |
![]() | 28.06.2025 10:56 Ўқилди 579 Vinisiusning talablari malum. Uning talablarini “Real“ qabul qilishga tayyor emas |
![]() | 27.06.2025 12:11 Ўқилди 459 KO‘JCH. "Zalsburg" - "Real Madrid" - 0:3 (videosharh) |