Davide Anchelotti "Real"dagi eng yomon holat haqida gapirdi
01.07.2025 21:16 Ўқилди: 87
"Real" sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li va yordamchisi Davide Anchelotti klubdagi eng yomon vaziyat haqida gapirdi va u vaziyat aynan "El Klasiko"ga to'g'ri keladi.
"Menimcha, eng yomon lahza Xavining birinchi mavsumida "Santyago Bernabeu"da "Barselona"ga qarshi El-Klasikoda 0:4 hisobida mag'lub bo'lishimiz edi", -deydi Davide Anchelotti.
Ushbu o'yin 2022 yil 20 mart kuni bo'lib o'tgandi. O'shanda kataloniyaliklar safida Per-Emerik Obameyang ikki marta, Ronald Arauxo va Ferran Torres esa bittadan gol urgan edi.