“Manchester Siti“ Husanovni Franciya klubiga ijaraga berishni istamadi
21.06.2025 09:32 Ўқилди: 114
“Lion“ rahbariyati Abduqodir Husanovni ijaraga olishni reja qilgan. Biroq “shaharliklar“ ushbu taklifga rad javobini berishgan. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Husanov qishda “Lans“dan “Manchester Siti“ga ko'chib o'tgandi. Hozirda futbolchi jamoasi bilan klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etmoqda.