- G'alabaga erishdik, bu biz uchun juda muhim edi. Safarda uch ochko olish jadvalda yaxshi tasir qiladigan narsa. Shu sababli bugun yigitlarimiz g'alaba uchun o'ynadi. O'yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo'limda o'yindagi nazoratimiz ham yaxshi edi. Ikkinchi bo'lim boshida tashabbusni "Mashal"ga berib qo'ydik. Shuning evaziga gol o'tkazib yubordik. Shunga qaramasdan jamoamda o'ziga bo'lgan ishonchi bor edi. O'zgarishlar va taktik yurishlarimiz ish berdi va bugun g'alabani qo'lga kiritdik.
- Umar Eshmurodovning ikkinchi bo'limdagi o'zgarishiga ko'p xato qilayotgani sabab bo'ldimi?
- Birinchi bo'limni jarohat bilan tugatdi. Kiyim almashtirish xonasiga borganimda u o'ynashga qiynalayotganini aytdi. Uni majburlamadik. Majburiy almashish bo'ldi.
- Islom Kenjaboev bilan tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Uning ketishi kutilganmidi?
- U bir yil davomida jarohati sababli o'ynamadi va jarohatini davoladi. Shu bilan birga klub bilan bo'lib turdi. Tuzalganidan keyin o'yinlarga sekin-sekin jalb qilib, jismoniy holatini tiklab olishimiz kerak edi. Lekin u ko'proq o'ynashni xohladi. Shu uchun ketishga qaror qildi. O'zaro kelishgan holda Kenjaboevga omad tiladik.
- Davralar oralig'i yaqin. Jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'ladimi? "Nasaf"da ham kamchiliklar ko'rindi va buni yopishga harakatlar bo'lsa kerak.
- Bu jarayon ketmoqda. Ayrim nuqtalar bo'yicha 2-3ta futbolchi olishni rejalashtiryapmiz. Agarda bu amalga oshsa, biz jamoaning o'yinin kuchaytira oladigan futbolchilarni chaqirmoqchimiz.
- Aynan qaysi poziciyalar?
- Buni aytmay qo'yaqolay. Lekin rejamizda kamida 2-3 futbolchi bor.
- Ular legionermi yoki mahalliy futbolchi?
- Legioner ham bor, mahalliy ham. Lekin ko'proq etiborimiz legionerlarga qaratilgan. Balki bu amalga oshsa, hammaga etkazamiz.
- OAVda Aziz G'anievning "Nasaf"ga qaytishi borasida xabarlar chiqdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
- Aziz bo'yicha hech qanday gap yo'q. Uning klubi bilan yaxshigina shartnomasi bor, menimcha u bu erga endi qaytmasa kerak.
![]() | 23.06.2025 11:55 Ўқилди 2406 Husanovning harakatlari qanday baholandi (foto) |
![]() | 23.06.2025 11:56 Ўқилди 1776 "Oltin to'p" uchun kurashda yangi etakchi - Vitinya birinchi o'ringa chiqib oldi |
![]() | 24.06.2025 15:40 Ўқилди 1317 "Nasaf" OCHL Elitda kimlar bilan o'ynaydi? |
![]() | 25.06.2025 23:24 Ўқилди 876 "Andijon" OCHL 2da kimlar bilan o'ynaydi? |
![]() | 26.06.2025 07:56 Ўқилди 795 Lionel Messi Saudiya Arabistoni klublari bilan faol muzokara olib bormoqda |
![]() | 23.06.2025 18:24 Ўқилди 693 "Barsa" futbolchisi Franciyaga ketmoqda |
![]() | 30.06.2025 15:16 Ўқилди 624 GiveMeSport dunyoning eng yaxshi futbolchilari reytingini elon qildi |
![]() | 28.06.2025 10:56 Ўқилди 552 Vinisiusning talablari malum. Uning talablarini “Real“ qabul qilishga tayyor emas |
![]() | 23.06.2025 17:00 Ўқилди 546 Islandiyalik iqtidor "Roma"ni qiziqtirmoqda |
![]() | 27.06.2025 12:11 Ўқилди 453 KO‘JCH. "Zalsburg" - "Real Madrid" - 0:3 (videosharh) |