JCH-2026 saralashi. Osiyo grandi Indoneziyani "savaladi"
10.06.2025 17:56 Ўқилди: 192
Unda Osaka shahridagi "Suyta" stadionida Indoneziyani qabul qilgan Yaponiya yirik hisobda g'alaba qozondi – 6:0. Mezbonlarning gollariga Kamada (2 ta), Kubo, Morishita, Machino va Xosoya mualliflik qildi.
Shu tariqa "samuraylar" guruh bosqichini 23 ochko bilan etakchi sifatida yakunladi. Indoneziya 12 ochko bilan to'rtinchi pog'onani band etdi va 4-saralash bosqichida ishtirok etadi.