Statistik portalning yozishicha, 21-asrda Ispaniya chempionatida 20 yoshgacha bo'lgan hech bir futbolchi bir mavsumda bunchalik ko'p golli uzatmani amalga oshirmagan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda 17 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining 35 ta uchrashuvida qatnashib, 9 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Umuman olganda, vinger 2024/2025 yilgi mavsumda Kataloniya klubi safida 55 ta o'yin o'tkazgan. Ularda Yamal 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatmani amalga oshirdi.