Saudiya Arabistoni chempionati. "Al Nassr", "Al Hilol" va "Al Ahli"da g'alaba
29.11.2026 02:16 Ўқилди: 66
“Al Nassr” 26-daqiqada Samu Koshtaning goli evaziga “Al Hazem”ni mag'lub etdi. “Al Hilol” mehmonda “Al Ittifoq”ni taslim etdi. Ushbu o'yinda angliyalik Olli Uotkins dubl qayd etdi. “Al Ahli” o'z maydonida “Al Tavun”dan ustun keldi. Jamoaning angliyalik hujumchisi Ayven Touni dubl qayd etdi.
Turnir jadvalida “Al Hilol” 33 ochko (12 ta o'yin) bilan birinchi, “Al Qodisiya” 31 ochko (13 ta o'yin) bilan ikkinchi va “Al Nassr” 31 ochko (13 o'yin) bilan uchinchi o'rinda bormoqda.