"Arsenal" yozda Portugaliya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi
28.11.2026 10:56 Ўқилди: 9
Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Belgiya klubi 22 yoshli vinger qishda sotuvga qo'yilmasligini aniq bildirgan, biroq yozda vaziyat o'zgarishi mumkin.
Forbshni sotib olish maqsadida "Arsenal" o'tgan yozda hujumchi Xristos Colisni xarid qilgan "Bryugge" bilan yaxshi munosabatlaridan foydalanmoqchi.
Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 23 million evroni tashkil etadi.