Xabi Alonso "Chelsi"ning joriy mavsumdagi omadsizliklari sababini aytdi
28.11.2026 09:56 Ўқилди: 18
"Shubhasiz, biz yaxshiroq o'ynay olamiz. Bunday darajada natijaga erishish va bu qadar ko'p gol o'tkazib yubormaslik shart. Aynan shu sababli yutqazyapmiz.
Men futbolni faqat shunday tushunaman. Biror narsa ko'ngildagidek ketmayotganda, ishlashda davom etish va echim izlash kerak. Hozir hammasi bizning foydamizga ishlamayotgani kabi, vaziyat o'zgarishi va omad biz tomonga yuzlanishi mumkin", - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
"Chelsi" 12 o'yinda 16 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. "Nottingem Forest" esa mavsumdagi ochkolari sonini 12 taga etkazib, 14-pog'onaga ko'tarildi.