
27 noyabr kuni Turkiya Superligasining 13-turidan o'rin olgan “Rizespor” – “Kasimpasha” uchrashuvi mezbonlarning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. O'zbekistonlik futbolchi bahsni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida “Rizespor” bosh murabbiyi Rejep Uchar Aliqulovning safga qaytganidan xursand ekanini bildirdi.
“Aliqulov 11 oydan keyin ilk bor zaxira o'rindig'idan joy oldi. Uning biz bilan birga ekani bizni xursand qildi”, – dedi Uchar.
Eslatib o'tamiz, Husniddin Aliqulov 2026 yil 19 yanvar kuni “Gyoztepe”ga qarshi uchrashuvda og'ir jarohat olgan edi. Tibbiy tekshiruvlar natijasida uning chap tizzasida oldingi xochsimon pay va menisklar yirtilgani, shuningdek, tizza qopqog'i va uni ushlab turuvchi pay shikastlangani aniqlangan.
O'shanda “Rizespor” futbolchining tiklanishi uchun 6–9 oy vaqt kerak bo'lishini ma'lum qilgan edi.
Turkiya klubi jarohatidan keyin ham o'zbekistonlik himoyachiga ishonch bildirib, uning shartnomasini 2026/27 yilgi mavsum yakuniga qadar uzaytirgan.
Aliqulovning zaxira o'rindig'iga qaytishi uning tiklanish jarayonidagi muhim qadam bo'ldi. Biroq futbolchi hali rasmiy uchrashuvda maydonga tushgani yo'q.
![]() | 23.11.2026 08:40 Ўқилди 1068 U-17 Jahon chempionati. Bugun o'smirlarimiz Yamaykaga qarshi bahs olib boradi |
![]() | 24.11.2026 00:40 Ўқилди 916 "Real" yiliga 15 mln evro maosh olayotgan Bellingemning maoshini sezilarli darajada oshiradi |
![]() | 25.11.2026 11:32 Ўқилди 853 Mbappe Ronaldoni ortda qoldirib, "Real" tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 19-o'ringa ko'tarildi |
![]() | 27.11.2026 08:08 Ўқилди 828 Messi va Ronaldu bir jamoada to'p tepishlari mumkin |
![]() | 19.11.2026 08:32 Ўқилди 714 Jurnalist Messining Argentina futbol assotsiatsiyasi bilan ziddiyati sabablarini aytdi |
![]() | 20.11.2026 14:32 Ўқилди 696 MYU 2 ta yirik transferni amalga oshirishi mumkin |
![]() | 26.11.2026 12:32 Ўқилди 545 "Real" 2026/27 yilgi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga birinchi bo'lib yo'l oldi |
![]() | 19.11.2026 20:00 Ўқилди 480 Superliga. "Surxon" - "Andijon" uchrashuvida g'olib aniqlanmadi |
![]() | 19.11.2026 00:48 Ўқилди 377 Ryudiger "aqldan ozgan" laqabi haqida: "Men masxaraboz emasman, lekin o'zimning ustimdan kula olaman. |
![]() | 25.11.2026 09:32 Ўқилди 355 YCHL. "Real Madrid" – PSV 5:1 |
Реклама
Сайт хақида