
Angliya Futbol assotsiatsiyasining (FA) mustaqil komissiyasi hakam xatoga yo'l qo'yganini bir ovozdan tan oldi. Biroq, Daily Mail ma'lumotiga ko'ra, Premer-liganing boshqa mustaqil komissiyasi aksincha, hakam qarorini to'liq qo'llab-quvvatladi.
Epizod uchrashuvning 8-daqiqasida sodir bo'lgan. Aleksander Isak Matteys de Ligt ortidan to'pni olib, darvoza tomon harakatlanganida Leni Yoro uning orqasidan turtdi. Hakam Sem Barrott golli vaziyatni to'xtatgani uchun francuzga qizil kartochka ko'rsatdi. VAR hakamlari Jon Bruks va Pol Hovard ham qarorni maqullashdi.
"Manchester Yunayted" FAga apellyaciya uchun bir nechta videoyozuv va texnik tahlil taqdim etdi. Klub hisob-kitoblariga ko'ra, Isak to'pga yetib borishi uchun kamida 1,8 metr masofa yetishmagan, to'pni esa darvozabon Senne Lammens egallab olishi mumkin edi.

FA komissiyasi Yoro qoida buzganini tan oldi, ammo Isak to'p ustidan nazoratni fol sodir bo'lishidan oldin yo'qotgan, deb hisobladi. Komissiya hakam qarorini "ochiq-oydin xato" deb baholab, qizil kartochkani bekor qildi.
Biroq Premer-liganing muhim epizodlar bo'yicha komissiyasi (KMI Panel) 5:0 hisobida Barrott qarorini qo'llab-quvvatladi. Shuningdek, VARning aralashmagani ham to'g'ri deb topildi. Bu qaror hakamlar korpusida norozilik uyg'otgani aytilmoqda - ular FA xulosasidan hayratda va izoh talab qilmoqda.
"Manchester Yunayted" esa qizil kartochka bekor qilinganiga qaramay, natijadan to'liq qoniqmagan. Klub ochkolar qaytarilmasligini ta'kidlab, Premer-liga va Pro Ref tashkilotiga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. Mankunianliklar VAR hakamlari Barrott xatoga yo'l qo'ygan bo'lishi mumkinligini etarlicha jiddiy ko'rib chiqmagan, deb hisoblaydi.
![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8659 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4329 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2733 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 20:16 Ўқилди 1246 "Barselona" Kubarsining tashxisini oshkor qildi |
![]() | 17.11.2026 08:40 Ўқилди 1135 Argentina portali Messi Amerika kubogi - 2028da terma jamoada qanday rol o'ynashini ma'lum qildi |
![]() | 17.11.2026 21:24 Ўқилди 987 Janubiy Koreya Qatarni taslim qildi, BAA Suriyani mag'lubiyatga uchratdi |
![]() | 23.11.2026 08:40 Ўқилди 960 U-17 Jahon chempionati. Bugun o'smirlarimiz Yamaykaga qarshi bahs olib boradi |
![]() | 24.11.2026 00:40 Ўқилди 808 "Real" yiliga 15 mln evro maosh olayotgan Bellingemning maoshini sezilarli darajada oshiradi |
![]() | 17.11.2026 09:56 Ўқилди 754 Skaloni JCH-2030ga qadar Messining Argentina murabbiylar shtabiga kirishi haqidagi savolga javob berdi |
![]() | 18.11.2026 08:08 Ўқилди 742 UEFA Millatlar ligasi pley-off bosqichining barcha ishtirokchilari aniqlandi |
Реклама
Сайт хақида