
Ramos 2010 yilgi jahon chempionligini qo'lga kiritgan finalda kiygan futbolkasi Braziliyadagi aukcionda sotuvga qo'yildi. Yaqin vaqtgacha u Sneyderning shaxsiy kollekciyasida saqlanardi.
Niderlandiyalik futbolchi qo'shimcha vaqtdagi final mag'lubiyatidan (0:1) keyin ispaniyalik futbolchi bilan libos almashgan. Ushbu to'q ko'k rangli futbolka uchun Sneyder 65 126 evro oldi. Uzun engli, 15-raqamli futbolka a'lo holatda saqlangan bo'lib, undagi barcha asl nashivka va yozuvlar o'z holicha qolgan.
Sneyder shu finalda o'zi kiygan futbolkasini ham aukcionga qo'ydi. U 5 ming evrodan sal ko'proq mablag'ga sotildi.
O'tgan yilning sentyabr oyida sobiq yarim himoyachi jahon chempionatlarida qo'lga kiritgan bir qator sovrinlarini ham sotgan edi:
2010 yilgi JCHning "Kumush to'p" sovrini - 19 000 evro;
2014 yilgi JCHning bronza medali - 6 500 evro;
Niderlandiya 2014 yilgi JCH chorak finalida Braziliyaga qarshi o'ynagan to'p - 6 100 evro;
2014 yilgi JCH ishtirokchisi medali - 1 024 evro.

![]() | 17.11.2026 04:56 Ўқилди 8659 Millatlar ligasi. Germaniya Niderlandiyani "sochib tashladi", Gretsiya Serbiya ustidan g'alabani tantana qildi |
![]() | 17.11.2026 07:48 Ўқилди 4329 Bugun Milliy terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi |
![]() | 17.11.2026 09:00 Ўқилди 2733 "Bu sharmandalik". Xavi - Niderlandiyaning Germaniyadan uchralgan 0:5 hisobidagi mag'lubiyatidan so'ng |
![]() | 17.11.2026 20:16 Ўқилди 1246 "Barselona" Kubarsining tashxisini oshkor qildi |
![]() | 17.11.2026 08:40 Ўқилди 1135 Argentina portali Messi Amerika kubogi - 2028da terma jamoada qanday rol o'ynashini ma'lum qildi |
![]() | 17.11.2026 21:24 Ўқилди 987 Janubiy Koreya Qatarni taslim qildi, BAA Suriyani mag'lubiyatga uchratdi |
![]() | 23.11.2026 08:40 Ўқилди 960 U-17 Jahon chempionati. Bugun o'smirlarimiz Yamaykaga qarshi bahs olib boradi |
![]() | 24.11.2026 00:40 Ўқилди 808 "Real" yiliga 15 mln evro maosh olayotgan Bellingemning maoshini sezilarli darajada oshiradi |
![]() | 17.11.2026 09:56 Ўқилди 754 Skaloni JCH-2030ga qadar Messining Argentina murabbiylar shtabiga kirishi haqidagi savolga javob berdi |
![]() | 18.11.2026 08:08 Ўқилди 742 UEFA Millatlar ligasi pley-off bosqichining barcha ishtirokchilari aniqlandi |
Реклама
Сайт хақида