"Bavariya" Saybari va Gnabrining holati haqida ma'lum qildi
02.11.2026 19:32 Ўқилди: 3732
Bu haqda myunxenliklarning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Har ikkala futbolchi shanba kungi Bundesliga doirasidagi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi kechgan va 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuvda jarohat olishdi.
Saybarida o'ng to'piq bo'g'imi paylarining uzilishi tashxisi qo'yildi. Marokashlik futbolchi allaqachon muvaffaqiyatli operaciya qilindi. Gnabri esa chap son orqa mushaklari shikastlanishiga uchragan.
Durang natijadan so'ng "Bavariya" turnir jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi, "Borussiya" esa ikkinchi. Har ikki jamoa hisobida 18 tadan ochko bor. "Frayburg" esa 16 ochkoga ega.