56 yoshli niderlandiyalik mutaxassis ESPN efirida portugaliyalik futbolchini tarixdagi eng buyuk o'yinchilardan biri deb bilishini, biroq so'nggi 7-8 yil ichida avvalgi saviyasini ko'rsatishga qodir bo'lmay qolganini aytgandi. Mutaxassisning fikricha, Ronalduning pasayishi 2018 yilda "Real"dan "Yuventus"ga o'tganidan so'ng boshlangan.
"Krishtianu "Real"dan ketganidan so'ng 327 ta gol urdi. Ten Hag butun faoliyati davomida 15 ta gol urgan va hech qachon o'z milliy terma jamoasiga chaqiriladigan darajada yaxshi futbolchi bo'lmagan. Bu xuddi begemot Ronalduni ortiqcha vaznda ayblaganiga o'xshaydi", – deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqlarda.
2022 yilda Ten Hag va Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi birgalikdagi faoliyati davomida ular o'rtasida nizo kelib chiqqandi. O'sha yilning noyabr oyida portugaliyalik futbolchi Morganga shov-shuvli intervyu berib, unda murabbiy va klub rahbariyatini tanqid qilgan. Oradan ko'p o'tmay, MYU hujumchi bilan shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilinganini e'lon qilgan edi.