
- O'yin haqida fikringiz?
- "Lochin"ga qarshi bahsda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, faqat hujumlarni yakunlashda oqsadik. O'yin asosan jamoamiz nazorati ostida kechdi. Ko'plab vaziyatlar yaratdik, lekin sen urmasang senga urishadi deganlaridek raqib qarshi hujumdan unumli foydalandi. Birinchi taymda ikki-uch vaziyatni golga aylantira olmadik. Ikkinchi taymda ham ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Bahs esa 1:1 hisobida yakun topdi. Ishlaydigan jihatlarimiz ko'p, muammolarni bilamiz. Endi keyingi o'yinga hozirlik ko'ramiz.
- "Metallurg" birinchi davrada "Lochin"ni 5:0 hisobida mag'lub etgandi. Balki bugungi o'yin oldidan bemalol yutamiz degan fikr bo'lgandir?
- Yo'q, bunday fikrga bormadik. Biz bu haqda o'ylamadik ham. "Lochin" qanday jamoa ekanini bilamiz, bejizga turnir jadvalining yuqori o'rinlarida borayotgani yo'q. Mavsum oxiri bo'lgani uchun futbolchilarimizda charchoq kuzatilyapti. "G'azalkent" bilan bahsda ham ko'p kuch yo'qotdik. Menimcha, biz shu o'yindan keyin yaxshi tiklana olmadik. Bu mensimaslik emas, balki charchoq bilan bog'liq.
- "Metallurg" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Faraz qiling, "Metallurg" Superligaga qaytdi va tarkibga "Lochin" jamoasidan kimlarni chaqirgan bo'lardingiz?
- "Lochin" jamoasidagi 22-raqamli Sardorbek Saidov yaxshi harakat qilar ekan. Shu o'yinchining harakatlari ko'proq yoqdi.
- O'yindan oldingi ko'rsatmalar qanday edi?
- Biz doim g'alaba uchun maydonga chiqamiz va shu bo'yicha ko'rsatma beramiz. Bosh murabbiy bo'lganimdan beri hali yutqazmadik. Har bir bahsga maksimal natijani ko'zlab chiqamiz. Faqat charchoq borligi chatoq bo'lyapti. Shunga qaramay, bugun besh-olti marta yuz foizli vaziyat yarata oldik.
- Safar o'yiniga "Metallurg" fan klubi ham tashrif buyurdi. Muxlislarning qo'llashi qanchalik ta’sir qildi?
- Fan klubimizga alohida rahmat aytmoqchiman: shuncha yo'l bosib shu ergacha kelishdi. Qaerga bormaylik, muxlislarimiz doim biz bilan birga va jamoani qo'llab turishibdi. Fan klubimizni bemalol 12-o'yinchimiz deya olaman.
- Jamoangiz gol o'tkazgach, ichingizdan nimalar o'tdi?
- Vaziyatni o'nglay olishimizga oxirigacha ishongandim. Chunki o'yinning borishidan ustunlik asosan biz tomonda ekanligi ko'rinib turdi. Futbolchilarimiz darajasi baland deya olaman. Ko'plab vaziyatlar bo'ldi, faqat gol urish kerak edi xolos. G'alaba qozonib ketishimiz ham mumkin edi.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87277 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41245 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 25.10.2026 02:08 Ўқилди 10392 La Liga. Xulian Alvaresning goli "Atletiko"ga 3 ochko taqdim etdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10296 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
![]() | 26.10.2026 21:32 Ўқилди 8371 Peres Londondagi "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi |
![]() | 25.10.2026 00:40 Ўқилди 8302 Neymar: "Mening eng yaxshi talqinim PSJda bo'lgan" |
![]() | 24.10.2026 22:24 Ўқилди 8042 Ro'ziqul Berdiev: "Penaltini Bobir amalga oshirishini kutmagandim" |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7306 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7172 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 27.10.2026 02:48 Ўқилди 6744 Liga 1. PSJ "Lion"ni taslim qildi |
Реклама
Сайт хақида