
Murabbiy yordamchisi Aaron Danksning so'zlariga ko'ra, "Bavariya" rahbariyati yaqinda shifoxonaga yotqizilgan Kompaniga sog'ayib ketguniga qadar futbol haqida gaplashishni qatiyan taqiqlagan.
Sport direktori Kristof Froynd va boshqaruv a'zosi Maks Eberl murabbiylar shtabiga belgiyalik mutaxassisni taktik muhokamalar, o'yinlarga tayyorgarlik yoki boshqa jamoaviy ishlarga jalb etmaslik bo'yicha ko'rsatma berdi.
Danks klub Kompanining bor e'tiborini faqat sog'lig'ini tiklashga qaratishini va oilasi bilan vaqt o'tkazishini istashini ta'kidladi. Belgiyalik murabbiy kamida 9 noyabrdan 17 noyabrgacha davom etadigan xalqaro tanaffus yakunigacha murabbiylik o'rindig'idan tashqarida qolishi kutilmoqda. Biroq "Bavariya" uning qaytish sanasini rasman tasdiqlagani yo'q.
Eslatib o'tamiz, 40 yoshli murabbiy 23 oktyabr kuni "Bavariya"ning o'rinbosarlar jamoasi mashg'uloti paytida hushini yo'qotgan va zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Keyingi tibbiy ko'rik uning miya pardasi yallig'langanini aniqladi. Kompani 28 oktyabr kuni shifoxonadan chiqarildi va hozirda uyida davolanmoqda - unga dori-darmonlar va to'liq xotirjamlik belgilangan.
Takidlash joizki, Danks Germaniya Kubogi doirasida "Magdeburg" ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi g'alabada hamda Bundesligada Dortmundning "Borussiya"siga qarshi kechgan 2:2 hisobidagi durangda "Bavariya"ni maydon chetida boshqarib ulgurdi. Myunxen klubi uchun navbatdagi jiddiy sinov 3 noyabr kuni bo'lib o'tadi - ular Chempionlar ligasida "Atletiko Madrid" bilan to'qnash keladi.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87277 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41245 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 25.10.2026 02:08 Ўқилди 10392 La Liga. Xulian Alvaresning goli "Atletiko"ga 3 ochko taqdim etdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10296 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
![]() | 26.10.2026 21:32 Ўқилди 8371 Peres Londondagi "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi |
![]() | 25.10.2026 00:40 Ўқилди 8302 Neymar: "Mening eng yaxshi talqinim PSJda bo'lgan" |
![]() | 24.10.2026 22:24 Ўқилди 8042 Ro'ziqul Berdiev: "Penaltini Bobir amalga oshirishini kutmagandim" |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7306 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7172 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 27.10.2026 02:48 Ўқилди 6744 Liga 1. PSJ "Lion"ni taslim qildi |
Реклама
Сайт хақида