Dyugarri Ronaldu atrofidagi vaziyat haqida: "U oqil, e'tiborli, saxiy yigitdek tuyulardi..."
06.10.2026 01:40 Ўқилди: 495
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush uni 27 sentyabr kuni bo'lib o'tgan Norvegiyaga qarshi o'yinda maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so'ng Portugaliya terma jamoasini tark etgan edi. 41 yoshli hujumchi milliy jamoada boshqa o'ynamaslikka qaror qilgani xabar qilingandi.
- Bu dahshat, chunki u o'zi yaratgan qiyofasiga aslo mos kelmaydi. U oqil, e'tiborli, saxiy yigitdek tuyulardi... Endi esa menda u o'zgargandek, so'nggi bir necha oyda uni o'z egosi eb bitirgandek taassurot paydo bo'lmoqda.
U chiroyli tarzda ketishi mumkin edi, ammo endi hammasi tugadi, hamma narsa barbod bo'ldi. Endi u qanday qilib qaytishi mumkin? Va nima uchun? - dedi Dyugarri.