
Eslatib o'tamiz, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush uni 27 sentyabr kuni bo'lib o'tgan Norvegiyaga qarshi o'yinda maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so'ng Portugaliya terma jamoasini tark etgan edi. 41 yoshli hujumchi milliy jamoada boshqa o'ynamaslikka qaror qilgani xabar qilingandi.
- Krishtianu Ronalduga nisbatan yomon munosabatda bo'lishdi. Juda yomon. Yangi murabbiy keldi va o'zini Aleks Fergyuson deb hisoblay boshladi. Qaysi asosga ko'raligini bilmayman. Va bu mamlakatni ikkiga bo'lib qo'ydi.
Bu vaziyatni kuzatish yoqimsiz. Menimcha, hech bir futbolchi terma jamoadagi faoliyatini bunday tarzda yakunlamasligi kerak. O'ylaymanki, biroz hordiq chiqarib, alohida vaqt o'tkazganlaridan so'ng ular munosabatlarini tiklashadi. Terma jamoa, federatsiya prezidenti va murabbiy nohaq ish qilishganini tushunib yetishadi, deb o'ylayman. Chunki o'z bosh futbolchingiz, eng yaxshi elchingiz va mamlakat tarixidagi eng afsonaviy shaxsning shunchaki terma jamoani tark etishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Odamlar nega u kyetib qolganini so'rashlarini bilaman. Hech birimiz parda ortida nima bo'lganini ko'rmaganmiz, lekin bir narsani aniq bilaman: Krishtianu - o'z principlariga ega inson va u o'zi ishongan narsalarni himoya qiladi. Agar unga nisbatan adolatsizlik qilishganini yoki berilgan vada buzilganini his qilsa, buni qabul qilmaydi. Men buni hurmat qilaman.
Ko'pchilik bunga chidagan bo'lardi, ammo Krishtianu o'z qadrini biladi. Men buni har kuni ko'rardim. Krishtianu faqat gollar va assistlar keltirmaydi - u muqaddam Portugaliya haqida eshitmagan odamlarning e'tiborini mamlakatga va terma jamoaga qaratadi. Krishtianu Ronaldu sababli dunyoning Portugaliya qayerda joylashganini ham bilmaydigan chekka burchaklarida terma jamoa liboslari sotilmoqda.
Shu sababli bazi futbolchilarga boshqacha munosabatda bo'lish kerak. Angliyada Bekxemga boshqacha munosabatda bo'lishgan, to'g'rimi? Portugaliyada Ronalduga. Argentinada Messiga. Braziliyada Ronaldoga. Bular alohida munosabatni talab qiladigan yigitlardir.
Hurmat bo'lishi kerak. Va menimcha, Krishtianu terma jamoadan ketishi mumkin bo'lgan yagona ssenariy - bu u o'ziga nisbatan hurmatsizlik qilinganini his qilgan vaziyatdir. Unda ego bor va agar hurmatsizlikni his qilsa, javob qaytaradi. Egosiz u o'zi erishgan darajaga chiqa olmagan bo'lardi - xuddi men sanab o'tgan boshqa futbolchilar kabi. U hamma narsaga o'z egosi evaziga erishgan. Shu sababli uni bazi vaziyatlarda ko'rsatib, boshqalarida bostirib bo'lmaydi. U hamisha namoyon bo'lishi kerak, - dedi Ferdinand.
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15477 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14253 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11178 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9575 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 27.09.2026 02:08 Ўқилди 8539 41 yoshli Modrichning goli Xorvatiyaga Chexiyani mag'lub etishga yordam berdi |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8397 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6708 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6057 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 30.09.2026 17:40 Ўқилди 5847 Fabio Kannavaro: "Kelinglar, futbol atrofidagi narsalar haqida emas, o'yin haqida o'ylaylik. Nima uchun sizni bunday narsalar qiziqtiradi?" |
![]() | 30.09.2026 18:08 Ўқилди 5660 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 - Yaponiya U-23 1:1 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида