Bugun, 4 oktyabr kuni Millatlar ligasi (A ligasi) guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan Portugaliya va Norvegiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Uchrashuv Portu shahridagi "Dragau" stadionida o'tkaziladi. Bahsda italiyalik Mauricio Mariani bosh hakamlik qiladi.
Uchta o'yindan so'ng Portugaliya terma jamoasi to'qqiz ochko jamg'arib, 4-guruh turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Norvegiya esa uch ochko to'plagan holda uchinchi pog'onada bormoqda.