
O'tgan haftada "shaharliklar" APLning moliyaviy qoidalarini buzish bo'yicha deyarli barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topildi - faqat bittasidan tashqari. 2023 yilning fevral oyida APL "Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy qoidalarning 115 ta turli buzilishida ayblagan edi. Keyinchalik The Times gazetasi gap 115 ta emas, balki 130 ta qoidabuzarlik haqida ketayotganini xabar qildi: Premer-liga endigina ayblovlarni e'lon qilganida, bazi qoidalar bo'yicha chalkashlik yuzaga kelgan edi.
Shundan so'ng "Manchester Siti" raisi Xaldun al Mubarak muxlislarga murojaat qilib, xususan shunday degandi: "Klubning aybsizligini isbotlashga bo'lgan ishonchimiz va niyatimiz xuddi eng boshidagidek kuchli".
- Men boshqalarning cheksiz mulohaza yuritayotganini, ajoyib nazariyalar qurayotganini va ushbu mavzu bo'yicha har qanday bahslarga kirishayotganini eshitdim. Rostini aytsam, menda Xaldunga ishonmaslik uchun hech qanday sabab yo'q. Uning so'zlari men uchun to'liq etarli. Menga uning qanday gapirgani juda yoqdi. Xat ham menga yoqdi: u klubga befarq bo'lmagan inson tomonidan yozilgani sezilib turardi.
Agar "Manchester Siti" aybdor deb topilsa - Xaldunning so'zlarini hisobga olsak, bu sodir bo'ladi deb o'ylamayman - o'shanda nimadir haqida gapirish mumkin bo'ladi. Lekin hozir men vaziyatga to'liq aminman va mutlaqo xotirjamman.
Men o'zim erishgan natijalardan, "Manchester Siti" uchun qilgan ishlarimdan va jamoa sifatida nimaga erishganimizdan juda faxrlanaman. Menga aksini aytishmaguncha - bu hech qayoqqa yo'qolmaydi.
Men o'z ishimni qildim. Men jamoada edim va maydonga tushardim. O'yinlarda g'alaba qozondim, yutqazdim, durang o'ynadim, o'yinlardan so'ng raqiblarga qo'l berib, chiqib ketardim. Men o'zim va hammamiz nima qilganimizni bilaman va hammasi qanday sodir bo'lganini bilaman. Menda biz qandaydir fitna yoki tilbiriktirishlar qilayotgandek taassurot bo'lmagan, - dedi Xart.
Bugun APLning mustaqil komissiyasi Manchester klubini barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topdi.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 19157 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15306 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 24.09.2026 18:40 Ўқилди 15221 Jezush: "Portugaliya terma jamoasining barcha turnirlardagi maqsadi - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi" |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9987 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.09.2026 09:56 Ўқилди 9204 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.09.2026 02:08 Ўқилди 8443 41 yoshli Modrichning goli Xorvatiyaga Chexiyani mag'lub etishga yordam berdi |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6747 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6603 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6291 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 24.09.2026 19:24 Ўқилди 6187 Dembele: "Oltin to'p" - individual sovrin, ammo jamoa menga juda katta yordam bergan" |
Реклама
Сайт хақида