
39 yoshli Messi 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresdagi "Monumental Antonio Vespusio Liberti" stadionida Beninga qarshi bahsda Argentina terma jamoasi safida so'nggi marta maydonga tushadi. U avvalroq xalqaro faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgan edi.
"Menimcha, u bunga loyiq. Men bu ishga oz bo'lsa-da hissa qo'shganimdan xursandman. Uning xayrlashuv marosimida bo'lishni xohlayman. O'zim ham keyin ishlashda davom etamanmi-yo'qmi, bilmayman. Shuning uchun u ushbu o'yinda maydonga tushishi uchun harakat qildik", - dedi Skaloni.
Mutaxassis Messining muxlislar bilan xayrlashish istagini alohida ta'kidladi:
"Biz uning boshidan kechirayotgan barcha narsalarni bilardik. Shunga qaramay, u kelib, o'z xalqi - uni shunchalik yaxshi ko'radigan insonlar bilan xayrlashish uchun xohish va kuch topdi.
Agar xayrlashuv marosimini o'tkazish kerak bo'lsa, buni hozir qilish lozim. Chunki u hech qachon to'xtamasa ham, keyin bu sehr avvalgidek bo'lmasligi mumkin. Hozir esa u muxlislar mehrini his qilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi payt", - deya qo'shimcha qildi Argentina bosh murabbiyi.
Skaloni Messi bilan shaxsan suhbatlashganini ham aytdi: "Men u bilan gaplashdim va buni aynan hozir qilish kerakligiga ishontirishga harakat qildim. Keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi. U meni tushundi. AFA va prezident ham bu tashabbusni qo'llab-quvvatladi. Bu juda chiroyli holat va u bunga loyiq. Buni qanchalik erta qilsak, shunchalik yaxshi".
Eslatib o'tamiz, ayni shu sababli Argentinaning Osiyodagi turnesi, hususan, O'zbekiston termasiga qarshi o'yini ham bekor qilindi.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 19037 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 24.09.2026 18:40 Ўқилди 15071 Jezush: "Portugaliya terma jamoasining barcha turnirlardagi maqsadi - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11651 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9900 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.09.2026 09:56 Ўқилди 9105 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8757 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6684 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6252 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6107 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 24.09.2026 19:24 Ўқилди 6091 Dembele: "Oltin to'p" - individual sovrin, ammo jamoa menga juda katta yordam bergan" |
Реклама
Сайт хақида