Myunxen klubi Jamal Musiala va Maykl Olisega boshqa jamoalarning qiziqishi kuchayib borayotgani sababli hujumkor yarim himoya chizig'ini kuchaytirish variantini o'rganmoqda.
"Bavariya" Olmoga u "Leyptsig"da o'ynagan davridanoq qiziqib kelgan. Ispaniyalik futbolchi "Barselona"ga o'tganidan keyin ham myunxenliklar uning faoliyatini kuzatishda davom etgan.
28 yoshli futbolchining taxminiy transfer qiymati 70 million evro atrofida baholanmoqda. Olmo joriy mavsumda La Liganing 7 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.