
- Avvalo, bugungi o'yin va 3:1 hisobidagi mag'lubiyat haqida fikringiz?
- Bu mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. O'zbekiston terma jamoasi va uning yaxshi murabbiyini tabriklayman. O'yin yaxshi o'tdi. Birinchi va ikkinchi gollarni individual xatolar tufayli o'tkazib yubordik. Bu xatolar biz o'yinni nazorat qilayotgan paytda sodir bo'ldi.
- O'zbekistonning birinchi va ikkinchi gollarida aynan qanday xatolarni nazarda tutyapsiz?
- Birinchi gol juda bolalarcha xatodan keyin urildi. Ikkinchi bo'limda almashtirishlar orqali gol urishga erishdik. Ikkinchi golni ham urishga harakat qilayotgan edik, ammo yana tajribali futbolchimiz juda bolalarcha xato qildi va shundan keyin vaziyatimiz izdan chiqdi.
- Bugungi tarkibda juda ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Yangi futbolchilarning o'yinidan qoniqdingizmi?
- Umuman olganda, juda ko'p o'zgarishlar qildik. Ko'plab futbolchilar terma jamoa muhitida birinchi marta o'ynashdi. Ayrim futbolchilarning o'yinidan qoniqdik. Ammo bazilariga terma jamoaga yordam bera olishi uchun ko'proq vaqt va o'yin kerak.
- O'zbekiston terma jamoasi so'nggi vaqtlarda tobora kuchayib borayotgani haqida nima deya olasiz?
- Kecha ham aytgan edim, O'zbekiston rivojlanib bormoqda. Bu milliy terma jamoalar o'rtasidagi bahs bo'lsa-da, biz uchun tayyorgarlik muhimroq edi. Ko'plab o'zgarishlar qildik va ayrim yosh futbolchilarning darajasini sinab ko'rishga harakat qildik.
- O'zbekistonga qarshi o'yindagi uchta gol o'tkazib yuborilishi avval kuzatilmagan. Bunday xatolarga nima sabab bo'ldi? Jamoaning jismoniy holatida muammo bormi?
- Dunyoning har bir joyida futbolchilar xato qiladi. Bu futbolning bir qismi. Bu o'yinlar aynan shunday xatolarni aniqlash uchun kerak. Keyin rasmiy o'yinlarda bunday xatolar takrorlanmasligi lozim.
- O'zbekiston ilgari Eronga qarshi o'yinlarda uchta gol ura olmagan edi. Bugungi natija siz uchun kutilmagan bo'ldimi?
- Albatta, natija biz uchun yaxshi emas. Lekin yana takidlayman, birinchi va ikkinchi gollarni asosan individual xatolar tufayli o'tkazib yubordik. O'zbekistonning rivojlanayotgani va yaxshi murabbiyi borligiga shubha yo'q. Ammo birinchi va ikkinchi gollar vaqtida etarlicha diqqatni jamlay olmadik.
- Bu mag'lubiyat uchun kimni aybdor deb hisoblaysiz?
- Asosiy aybdor - menman. Har qanday holatda ham jamoa bosh murabbiyi sifatida mas'uliyatni o'z zimmamga olaman.
- Tajribali futbolchilarning xatolari haqida nima deya olasiz?
- Bugun ikki nafar tajribali futbolchimiz xatolaridan zarar ko'rdik. Lekin bu futbolning bir qismi. Dunyoning istalgan joyida futbolchilar xato qilishi mumkin.
- Keyingi o'yin - Rossiyaga qarshi. Jamoa u o'yingacha yaxshiroq holatga kela oladimi?
- Albatta. Bu Jahon chempionatidan keyingi birinchi FIFA kunlari. Kecha ham aytganimdek, biz hali optimal holatimizga kelganimiz yo'q. Ishonamanki, Rossiyaga qarshi o'yinda holatimiz ancha yaxshi bo'ladi.
- Bugungi mag'lubiyatdan keyin Eron terma jamoasining keyingi yo'nalishi qanday bo'ladi?
- Bu mag'lubiyat uchun aziz Eron xalqi va muxlislaridan uzr so'raymiz. Ishonamanki, terma jamoaning natijalari yana yuqoriga qarab o'zgaradi. Biz xulosa chiqaramiz va ishlashda davom etamiz.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 19004 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 24.09.2026 18:40 Ўқилди 15047 Jezush: "Portugaliya terma jamoasining barcha turnirlardagi maqsadi - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi" |
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14481 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11624 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9858 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8739 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6669 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6237 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6086 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 24.09.2026 19:24 Ўқилди 6079 Dembele: "Oltin to'p" - individual sovrin, ammo jamoa menga juda katta yordam bergan" |
Реклама
Сайт хақида