Morgan Rojers: "Menga Ronaldu ko'proq yoqadi, ammo 39 yoshli Messiga qarshi turish deyarli imkonsiz edi"
24.09.2026 23:16 Ўқилди: 2007
"Shaxsan menga Ronaldu ko'proq yoqadi. Ammo Jahon chempionati yarim finalida 39 yoshli Messiga qarshi o'ynadim va bu juda qiyin bo'ldi. U faoliyatining eng yuqori cho'qqisida qanday bo'lganini tasavvur qilish ham qiyin.
Menimcha, eng yaxshi paytlarida unga qarshi umuman chora topish qiyin bo'lgan. O'sha uchrashuvda unga qarshi turish deyarli imkonsiz edi - axir u 39 yoshda edi!" - dedi Rojers "Chelsi" klubi kanalidagi CFC Unlocked dasturida.
2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya Argentinaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Messi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Enco Fernandes va Lautaro Martinesning gollariga ikkita golli uzatma bergan.