
- Albatta o'yin oson bo'lmadi, chunki bu o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda bor-yo'g'i uch kun bor edi. Lekin men futbolchilar bilan gaplashib, ularga yangi tizimni, qanday o'ynashimizni va dastlabki 20 daqiqani yaxshi boshlash qanchalik muhimligini tushuntirdim. Oldinlari bunday vaziyatlarda ko'p qiynalganmiz. Men ularga raqib bizga gol urishining yagona yo'li - bu standart vaziyatlar yoki burchak zarbalaridan foydalanish ekanligini tushuntirishga harakat qildim, chunki biz ularning ko'plab o'yinlarini ko'rgan edik va bunday vaziyatlarda qanchalik kuchli ekanliklarini bilardik. Fikrimcha yigitlar bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ular milliy terma jamoa uchun qayg'urishlarini isbotlashdi va agar biz yagona jamoa bo'lib ishlasak, har qanday raqibni enga olishimizga bo'lgan ishonchimizni namoyish etishdi. Bugun ular bor kuchlarini berishdi. Hamma, hatto so'nggi 6-7 daqiqaga maydonga tushganlar ham o'zining maksimumini ko'rsatdi. Jamoani tabriklayman. Endi Jahon chempionatini unutib, Osiyo haqida o'ylashi shart.
- Siz qisqa vaqt ichida yangi tizim, yangi taktikani joriy qildingiz. Osiyo Kubogi oldidan jamoa o'yinida yana nimalarni kuchaytirish kerak?
- Men ko'plab ijobiy jihatlarni ko'rdim, lekin murabbiy sifatida men har doim o'yinimizni qayerda kuchaytirishimiz mumkinligini topishga harakat qilaman. Bugun Eron bizning zaif hududlarimizga bosim o'tkazmagan bo'lishi mumkin, ammo kelajakda boshqa jamoa bizga ko'proq muammo tug'dirishi hech gap emas. Birinchi bo'limda jamoamdan poziciyalarni yaxshiroq ushlashni so'radim, chunki qanot himoyachilarimiz markazga juda yaqin o'ynashdi. 4-3-3 sxemasida o'ynaganingizda esa maydonning butun kengligidan foydalanishingiz kerak bo'ladi. Ammo ikkinchi bo'limda boshqa futbolchilar maydonga tushganida, ular xuddi shu ishni bajarishdi. Men bu tizim bo'yicha o'ynay olishimizga ishonaman. Ular maydon markazini ko'proq nazorat qila oladilar. Albatta, bizga ko'proq vaqt kerak. Jismoniy holatimizni, taktikamizni va o'yinni tushunishimizni kuchaytirishga harakat qilish uchun bizda yana ikki oy vaqt bor.
- G'alaba bilan tabriklayman. O'yindan oldin darvozabon Abduvohid Ne'matov jarohat sababli o'yinda ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'ldi. Bu sizning rejalaringizni qanchalik o'zgartirib yubordi?
- Men bu yerdagi barcha futbolchilarimga ishonaman va ularning istalgan biri asosiy tarkibda maydonga tusha oladi. U kecha kichik jarohat olgandi, ammo biz uchun maydonga yangi odamlarni tushirish umuman muammo emas. Terma jamoada bo'lib turganlar mavsumning so'nggi o'yinlarida juda yaxshi harakat qilishdi va o'ynashga haqlilar. Bizda bu borada hech qanday muammo yo'q.
- Biz avval hech qachon Eronni yutmagan edik, Sizni va jamoani tabriklayman. 2025 yil yanvarida Katanets jamoani tark etgach, nihoyat ikkita markaziy himoyachi bilan o'ynashga o'tdik. O'yin boshida Husanov markaz bo'ylab yuqori pressing qilgan vaziyat bo'ldi, O'runovda esa biroz xatolar kuzatildi. Agar raqib darajasi yuqoriroq bo'lsa va ular himoyachilar ortiga qochishlardan foydalansa, bunday taktika bilan ikkita himoyachida o'ynashdan qo'rqmaysizmi?
- Yo'q, chunki zamonaviy futbol aynan shunday tuzilgan. Agar Siz oldinga chiqib, raqibni ortingizda qoldirib chiziqni buzishdan qo'rqsangiz, u holda yanada ko'proq qiynalasiz. Shuning uchun biz ularga pressing qilishga qaror qildik, himoyachilarga oldinga chiqishni va qo'rqmaslikni aytdik. Albatta, barchasi jamoaning hujumda qanday ishlashiga bog'liq. Agar bizning yarim himoyachilar va hujumchilar to'g'ri pressing qilsa, biz muammosiz maydonning o'sha qismigacha ko'tarila olamiz. Birinchi bo'limda biz yaxshi pressing qildik va ularga muammolar yaratdik. Jahon chempionatini unutishimiz kerak. Bu turnirda biz har qanday raqibga duch kelishimiz mumkin va bunga tayyor bo'lishimiz shart.
- Bugun terma jamoa taktikasida ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Aziz G'aniev uzoq vaqt o'ynamagan poziciyada - markazda, xohlagan joyiga harakat qilib erkin o'ynadi. U sizning ko'rsatmalaringizni bajara olmadimi yoki siz unga maydonda shunchalik erkinlik berdingizmi?
- Yo'q, yo'q, hech qanday erkin o'yin yo'q. Biz erkin futbol o'ynamaymiz, biz o'z tizimimizga ishonamiz. 4-3-3 sxemasida o'ynash uchun juda dinamik bo'lish kerak. Qachon chiziqda qolishni, qachon qanotga o'tishni va qachon himoyachilar ortiga yugurishni tushunishingiz shart. Hakimov bilan ham, Aziz bilan ham bizda muammo yo'q - ularning ikkalasi ham yarim himoyachi va ikkinchi bo'limda Aziz ham xuddi shu ishni bajardi. Bizda erkin roldagi futbolchilar yo'q. Albatta, sizda O'runov kabi futbolchilar bo'lsa, ularda bu tizimda qanotlarda o'ynash bo'yicha etarlicha tajriba bo'lmasligi mumkin, ammo biz bundan maksimal darajada foydalanishga harakat qilyapmiz. Kelajakda balki yana 4 ta himoyachi bilan o'ynarmiz. Men uchun 4-3-3 sxemasi muammo emas, barchasi raqibga bog'liq. Bugun biz shunday qaror qildik va raqib o'yindan bizga xavf tug'dira olmadi, xavf faqat standartlardan keyin bo'ldi.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 19004 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 24.09.2026 18:40 Ўқилди 15047 Jezush: "Portugaliya terma jamoasining barcha turnirlardagi maqsadi - g'alaba. Ulardan birinchisi - Millatlar Ligasi" |
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14481 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11624 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9858 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8739 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6669 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6237 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6086 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 24.09.2026 19:24 Ўқилди 6079 Dembele: "Oltin to'p" - individual sovrin, ammo jamoa menga juda katta yordam bergan" |
Реклама
Сайт хақида