
Ispaniyalik mutaxassis nega jamoa bilan birga emas? Uning salomatligi qanday?
Ushbu savollarga oydinlik kiritamiz.
Xabaringiz bor, Xose Mariya Mendes O'zbekiston Superkubogi doirasidagi tadbirlar vaqtida Toshkentga tashrif buyurgan edi. Mutaxassis Yevropa safari uchun jalb etiladigan futzalchilarni Jizzaxda o'tkazilgan Oliy liga 1-tur bahslari davomida bevosita kuzatib, tarkibni shakllantirish jarayonida ishtirok etishi kerak edi.
Biroq Superkubok uchrashuvidan so'ng murabbiyning salomatligi bilan bog'liq muammo yuzaga kelgani sababli u O'zbekistonda dastlabki tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Shundan so'ng chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o'tish uchun muddatidan avval Ispaniyaga qaytishga majbur bo'ldi.
Kelishuvga ko'ra, Mendes Ispaniyada zarur tibbiy tekshiruvlardan o'tib, tegishli xulosalarni olganidan so'ng Budapeshtda milliy terma jamoamiz safiga qo'shilishi kerak edi. O'FF tomonidan uning Budapeshtga borishi uchun aviachipta ham oldindan xarid qilingan. Rejaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis Vengriya va Niderlandiya terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida jamoamizni boshqarishi lozim edi.
Ammo tibbiy tekshiruvlar jarayoni kutilganidan ko'ra jiddiyroq va uzoqroq davom etdi. Shu sababli Pulpis terma jamoamizning Yevropadagi yig'inlarida ishtirok eta olmadi va ayni paytda Madrid shahrida davolanishni davom ettirmoqda.
O'zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyati Xose Mariya Mendes bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 18938 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14421 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11564 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9952 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9819 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8706 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7729 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6618 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6186 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6053 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида