Sergey Lebedev: "O'z o'yinimizni to'liq ko'rsata olmadik"
22.09.2026 22:56 Ўқилди: 979
- O'yin haqida fikringiz? - Negadir o'z o'yinimizni to'liq namoyon eta olmadik. Birinchi taymda hartugul yaxshi harakat qildik, lekin ikkinchi bo'lim haqida bunday deb bo'lmaydi. Futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. G'alaba bilan birinchi navbatda yigitlarni tabriklayman. Baribir oxirigacha kurashdik.
- Buyog'iga FIFA kunlari sabab tanaffus bo'ladi. Rejalar qanday? - Jamoaga ozroq dam berib yana tayyorgarlikni boshlaymiz. Bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni maqsad qilganmiz. 29 sentyabr kuni "Navbahor" bilan nazorat bahsida maydonga tushamiz. 7 oktyabr kuni "Olimpik Mobiuz"ga qarshi 21-turni o'tkazamiz.