
Xususan, tashkilot "Atletiko" yarim himoyachisi Li Kan In Federiko Valverdega qarshi fol ishlatgani uchun qizil kartochka olishi kerak edi deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, CTA "Real" himoyachisi Din Xyoysenning VAR aralashuvidan so'ng maydondan chetlatilishini to'g'ri qaror deb atadi.
Manbaning xabariga ko'ra, Ortis Aryas o'yinning eng bahsli uchta vaziyatining hech birida to'g'ri qaror qabul qila olmagan, ikki holatda esa u VAR yordamiga murojaat qilishga majbur bo'lgan.
Birinchi vaziyatda hakam dastlab Djud Bellingem tomonidan qoidabuzarlikni qayd etib, unga sariq kartochka ko'rsatdi. Biroq VAR aralashuvidan so'ng folni Kristian Romero ishlatgani ma'lum bo'ldi. CTA ushbu vaziyatni baholash murakkab bo'lganini e'tiborda tutib, Ortis Aryasni ushbu epizod uchun tanqid qilmadi.
Keyinroq Li Kan In Valverdega qarshi qo'pol o'ynadi, ammo hakam unga qizil kartochka ko'rsatmadi, VAR esa aralashmadi. CTA bu epizodda koreyalik futbolchi maydondan chetlatilishi kerak edi deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, qo'mita Xyoysenning chetlatilishi bo'yicha qarorni qo'llab-quvvatladi. "Real" himoyachisi jarima maydonchisi ichida Djuliano Simeonega qarshi qoida buzdi, shundan so'ng VAR Ortis Aryasga epizodni qayta ko'rib chiqishni tavsiya etdi. Hakam penalti belgiladi va futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi - CTA bu qarorni to'g'ri deb topdi.
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14370 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11495 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 13.09.2026 02:00 Ўқилди 10521 La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Rayo Valekano"ni tor-mor etdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9901 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9774 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8667 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7705 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 12.09.2026 01:40 Ўқилди 6627 Sergey Lushchan: "Agar vaziyat shunday davom etsa, mundialga chiqish uchun yana o'n yil vaqt kerak bo'ladi. Chempionatimiz saviyasi yaqqol pasaydi, chunki..." |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6141 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6008 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида