"Bavariya" direktori Eberl: "Eng yaxshi o'yinchilarga piar-kampaniya shart emas"
19.09.2026 11:56 Ўқилди: 1484
Avvalroq "Barselona" vingeri ushbu mukofotni eng ko'p gol urgan futbolchi emas, balki eng yaxshi o'yinchi olishi kerakligini aytgan edi. Shuningdek, 19 yoshli futbolchi o'zi va Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchilari deb hisoblashini takidlagandi.
Myunxenliklar hujumchisi Xarri Keyn o'tgan mavsumda eng ko'p gol urgani uchun "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan edi. Angliyalik futbolchi ham Yamal kabi bu yilgi "Oltin to'p" nominantlari qatoridan joy olgan.
"Piar-kampaniya olib borish kerak-ku. Eng yaxshilar - bunday kampaniyaga ehtiyoj sezmaydigan o'yinchilardir", - dedi Eberl Sky Sport Germany nashriga bergan intervyusida.