"Chelsi" 2026 yilda APLda hammadan ko'p gol o'tkazib yubordi
19.09.2026 11:32 Ўқилди: 891
Xabi Alonso jamoasi juma kuni "Brentford"dan yirik mag'lubiyatga uchradi – 0:3. Londonliklar uchun bu chempionatda ketma-ket gol o'tkazib yuborilgan 22-uchrashuv bo'ldi. Oxirgi marta ular raqibni 17 yanvar kuni golsiz to'xtatib qolishgan edi (xuddi shu "Brentford"ga qarshi 2:0).
2026 yil davomida "ko'klar" Premer-liganing boshqa har qanday jamoasidan ko'proq gol o'tkazib yuborishdi (43 ta). Bu borada "Kristal Pelas" ulardan bitta kam, "Nyukasl" va "Tottenxem" esa to'rttadan kamroq to'p o'tkazib yuborgan.