"Hech kim undan bunchalik afsonaviy o'yin kutmagan edi". Yamal - JCH-2026 dagi Messi haqida
19.09.2026 11:08 Ўқилди: 1279
"Hamma uni tarixdagi eng yaxshi futbolchi ekanini bilsa-da, hech kim undan bunchalik afsonaviy o'yin kutmagan edi. Messi har bir o'yinda o'zini ko'rsatdi va jamoani finalgacha etaklab bordi.
Argentina terma jamoasi tarkibida kuchli futbolchilar bor edi, ammo aynan Leo hal qiluvchi paytlarda mas'uliyatni o'z zimmasiga oldi. Men uchun u mahorati va o'yinga ko'rsatgan ta’siri tufayli turnirning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Bu yoshdagi futbolchi, hatto bu Leo bo'lsa ham, bunchalik yuqori darajada o'yin ko'rsata olishini hech kim kutmagan edi", - dedi Yamalning so'zlarini Mundo Deportivo nashri.