Maykl Kerrik "MYU"ning Liga kubogi 1/16 finalida "Brayton"dan uchralgan mag'lubiyati uchun aybdorni aytdi
17.09.2026 09:32 Ўқилди: 1739
"Biz jamoa sifatida sodir bo'lgan voqeani qabul qila olmaymiz. Mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Ikkinchi bo'lim oxiriga yaqin qanday harakat qilganimiz - mening aybim. Hammamiz yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatamiz. Biz buni qilishga majburmiz. Yakshanba kuni bizni "Fulxem" bilan muhim o'yin kutmoqda. Biz imkon qadar tezroq yana g'alaba qozonishni boshlashimiz kerak. Hozir kayfiyat yomon. Biz ko'plab jihatlar ustida ishlaymiz. Men muxlislarning tanqidini to'liq qabul qilaman. Jamoaning ko'rinishi, qanday o'ynayotganimiz va ko'rsatayotgan natijalarimiz uchun mas'uliyat mening zimmamda. Men buni qabul qilaman. Men maqtovni ham, tanqid va norozilikni ham qabul qilishga tayyorman", - dedi Kerrikning so'zlarini Sky Sports nashri.