"Ularda nega ochko kamligini bilaman, lekin aytmayman". Tebas - "Real"ning hakamlar shaniga aytgan tanqidlari haqida
16.09.2026 10:24 Ўқилди: 452
"Ularning o'zlarini jabrdiyda qilib ko'rsatishlari noo'rin. Ular nafaqat o'zlari ishtirokidagi voqealardan, balki boshqalar bilan sodir bo'layotgan voqealardan ham norozilik bildirishmoqda. Ular nohaq. Ularda hamma narsada boshqalar aybdor, o'zlari esa hech qachon aybdor emas. Men "Real"da nega ochko kamligini bilaman, lekin aytmayman… "Real" bunday hasratli gaplarsiz ham chempionatda g'olib chiqishi mumkin", - dedi Tebasning so'zlarini AS nashri.
La Liganing oltita o'yinidan so'ng "Real" 15 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Ispaniya chempionatida xuddi shuncha ochkoga ega bo'lgan va zaxirasida bitta o'yini bor "Barselona" peshqadamlik qilmoqda.